Kitoblarimcatalogue
Back to books
Farengeyt bo'yicha 451º
Literary translation

Farengeyt bo'yicha 451º

Hayot tezlashgan, bir xillik tenglik deb ataladigan, odamlar bir-birini eshitmaydigan, fikrlashdan to'xtagan, hurlik mahv etilgan… Bu jamiyatda kitoblar aql kushandasi sanaladi, taqiqlar tufayli odamlar asta-sekin ulardan voz kechadi, adabiyotdan qo'rqadi. Ular faqat quloqlaridagi “chig'anoq”lardan taraladigan ma'nisiz musiqadan mast, reklamalardan sarhush yashaydi.Kitoblar taqiqlangan yaqin kelajakdagi xayoliy Amerika jamiyati haqida hikoya qiluvchi ushbu asar bosh qahramoni Gay Monteg – o't o'chiruvchi. Nomi o't o'chiruvchi, ammo kitoblarni ular topilgan uylar bilan qo'shib yoqish uning a'molidir. Ammo kuni kelib, u o'z kasbining to'g'riligiga shubhalanib qoldi va asta-sekin fikrlashni istayotganini sezdi, ana shundan boshlangan isyon ortidan u o'zi yashab turgan jamiyatdagi tutumni, tartibotni savol ostiga ola boshladi. Alaloqibat u o'zi kabi insonlardan iborat yashirin guruhga qo'shildi… Ilk bor nashr etilganiga qariyb 70 yil bo'lsa-da, Rey Bredberining dunyo miqyosida tan olingan “Farengeyt bo'yicha 451º” asari hamon jahon adabiyotining sara asarlaridan bo'lib kelmoqda. Ushbu distopik asarda ko'tarilgan mavzular bugun har qachongidan ham dolzarbroq tus olib boryapti.Kitob haqida OAV va mashhurlar: Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Ajoyib . . . Hayratlanarli va zakovatga boy . . . Biznikiga nihoyatda o'xshash bo'lgan telba dunyoni Rey Bredberi o'quvchini o'ziga asir qiladigan tarzda tasvirlagan.” — Orvill Preskott, “The New York Times” nashri “Durdona asar . . . Har bir inson o'qishi shart bo'lgan ulug'vor Amerika klassikasi: o'smir holingizda o'qisangiz hayotingizni o'zgartirib yuboradigan, voyaga yetganda qayta o'qisangiz hali ham jozibasini yo'qotmaydigan asardir.” —Elis Xoffman, “The Boston Globe” nashri “Haqiqatan ham o'ziga xos tasavvurning qudrati va beqiyos namoyishi hayajonga soladi . . . Bredberi juda ajoyib va noyob iqtidor egasi.” — Kristofer Ishervud, “Tomorrow” nashri “Mamlakatning eng sevimli yozuvchilaridan biri . . . Ajoyib hikoyanavis, ba'zan afsona yaratuvchi, chinakam Amreka klassiki.” — Maykl Dirda, “The Washington Post” nashri Muallif haqida: Rey Bredberi (1920–2012) ko'plab asarlar, jumladan, “Farengeyt bo'yicha 451 daraja”, “Mars solnomalari”, “Chizilgan odam”, shuningdek, yuzlab hikoyalar muallifi. U teatr, kino, televideniye uchun ssenariylar ham yozgan va 65 ta hikoyasini “Rey Bredberi teatri”ga moslagan. Rejissyor Jon Hyustonning “Mobi Dik” va Emma mukofotiga loyiq topilgan “Xellouin daraxti” telepyesalari ssenariylari ham uning qalamiga mansub. U 2000-yilda Amerika maktublariga qo'shgan hissasi uchun Milliy kitob jamg'armasining medali, 2007-yilda Pulitser mukofotining maxsus nominatsiyasi va ko'plab boshqa mukofotlarga sazovor bo'lgan.

Book details

Publisher
Asaxiy
Publication year
2022

224 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 12 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more