Kitoblarimcatalogue
Back to books
Samaradorlikning 21 yo'li

Samaradorlikning 21 yo'li

Agar biz undan to'g'ri foydalana olsak, bizda hamisha yetarlicha vaqt topiladi. “Samaradorlikning 21 yo'li” — Brayan Treysi Agar sizda : — Rejalagan ishlaringizga yetarli vaqt topilmayotgan; — Shaxsiy majburiyatlar, loyihalar, vaqt ortsa, o'qiyman deganingiz talay jurnal va kitoblar yuki bosib qolgan. Biroq siz ularga ulgurmayotgan. Ishlaringizni to'liq ado etishga umid ham qilmayotgan; — Ko'nglingizdagidek dam olishga vaqt orttira olmayotgan; — Ishlaringizni samarali yo'lga qo'yish usullarini har qancha o'rganmang, rejalagan yumushlaringiz ortib, baribir vaqt yetmay qolayotgan bo'lsa, ushbu kitob aynan siz uchun! Kitob vaqtni to'g'ri taqsimlash, ish yoki o'qish jarayonini tashkillashtirish, hayot tarzini o'zgartirish, natijada qanday qilib samaradorlikka erishish haqida nazariyadan uzoq, aniq ma'lumot va qo'llanmalarni beradi. Kitob talabalar, tadbirkorlar, ishchilar, rahbarlar, kuni va vaqtini tartibni solishni xohlaydigan hatto uy bekalariga ham tavsiya qilinadi. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Agar siz ishni ortga surishni hayotingizdagi doimiy muammo deb bilsangiz, “Samaradorlikning 21 yo'li” sinab ko'rish uchun kichik va qimmatli taktikalar to'plamini taklif etadi. Har bir insonning kechiktirish sabablari har xil, shuning uchun Treysining taktikasi juda xilma-xil bo'lib, kechiktirishning turli sabablariga qarshi kurashadi.“ - The Simple Dollar “Samaradorlikning 21 yo'li”, sahifalari kam, ammo mazmuni katta, zamonaviy hayotning kasalligiga davo taklif qiladi: kechiktirish. Garchi dori og'riqli bo'lib tuyulsa ham, unday emas. Siz kabi men ham millionlab kitoblarni o'qidim va ko'pincha o'qiganlarimni eslay olmayman. Ammo bunisi bilan unday emas. Men har kuni maslahatlarga amal qilaman va o'zimni yaxshi his qilaman! Men bu kitobni ta'riflashga so'z ham topa olmayman. -Korinna Richards, Murabbiylik akademiyasi “Samaradorlikning 21 yo'li” — bu mening mahsuldorlik haqidagi eng sevimli kitobim va men kelgusi yilda amal qilmoqchi bo'lgan ko'nikmalarni eslatish uchun yanvar oyida uni tez-tez qayta o'qib chiqaman. Har safar kitobni o'qiganimda men unumdorlik oltinining yangi parchalarini topaman.“ -Liz Gooster, Change for the Better “Ushbu kitob menga qilinadigan ishlar ro'yxatini tuzish, kunlarimni rejalashtirish, samaradorroq bo'lish va diqqatimni jamlashim uchun zarur bo'lgan qo'llanmani berdi.“ -Bet Anne Shvamberger, Ajoyib Biznes Onalar “Samaradorlikning 21 yo'li” — bu vaqtni boshqarish va shaxsiy samaradorlik bo'yicha eng ajoyib kitob — har qanday taym-menejment tizimini o'rganishdan oldin uni o'qishni tavsiya qilaman. Kitobda siz darhol qo'llab ko'rishingiz mumkin bo'lgan juda ko'p mashqlar va texnikalar mavjud, va bu kitobda eng yoqqani — bu sizga darhol boshlashingiz uchun amaliy maslahatlar berilishidir. -Thanh Pham, Osiyo samaradorligi “Ta'sirli tanlov. Treysi baham ko'radigan 21 usul haqiqatdan hayotingizni o'zgartiradi, agar siz shaxsiy rivojlanish va o'zgarish qilish niyatida o'qisangiz. Men bu kitobdan katta foyda oldim va sizga ham bugun kitobni olishingizni tavsiya qilaman.“ -Kris Mur, Reflect on This Muallif haqida: Brayan Treysi — “Brayan Treysi xalqaro tashkiloti” raisi va bosh direktori. Asosiy ma'ruzachi va seminar rahbari sifatida u har yili 250 000dan ortiq odamga ma'ruza qiladi. U o'nlab tillarga tarjima qilingan saksondan ortiq kitoblarning bestseller muallifi. U yetmish beshdan ortiq mamlakatda 1000dan ortiq korporatsiyalar va 10 000dan ortiq korxonalarda maslahatchi va trener bo'lib ishlagan. Tarjimonlar: Hikmatjon Tolibjonov, Surayyo Majidova Shuhrat Aliqo'ziyev Jasurbek To'lqinov Muharrir: Xurshid Yo'ldoshev Musahhih: Gulasal Qodirova Asaxiy Books yil bestsellerlari 2024: 5-o'rin Asaxiy Books yil bestsellerlari 2023: 3-o'rin Asaxiy Books yil bestsellerlari 2022: 7-o'rin Ko'proq ko'rish

Book details

Publisher
Asaxiy
Publication year
2020
Original language
O'zbek tili

92 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 5 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next