Kitoblarimcatalogue
Back to books
Hayot uchun 12 qoida. Tartibsizlikka qarshi malham
Literary translation

Hayot uchun 12 qoida. Tartibsizlikka qarshi malham

Asaxiydan yana bir muhim premyera - Jordan Pitersonning "Hayot uchun 12 qoida" kitobi sotuvda! G'oliblikni qisqichbaqadan o'rganish kerakligini bilasizmi? Qanchalik hayratlanarli eshitilmasin, bu haqiqat. Kanadalik psixolog Jordan Piterson o'zining "Hayot uchun 12 qoida" nomli bestsellerida bu va boshqa haqiqatlarni tushuntiradi. Mazkur kitobda ishonchli do'st, fahmli turmush o'rtoq, oqil ota-ona va kuchli inson bo'lish hamda qanday xatolar qilmaslikka oid maslahatlar mujassam. Ushbu maslahatlar oldinga yurish, qiyinchiliklarni yengish va mazmunli yashashga yordam beradi. “Hayot uchun 12 qoida” kitobida kanadalik taniqli psixolog Jordan Piterson do'stlik, ta'lim, tarbiya, oila va jamiyat to'g'risidagi mulohazalarini bildiradi hamda bu mulohazalar asosida hayotimizni yanada mazmunli qiladigan tavsiyalarini ilgari suradi. Shuningdek, muallif bizni mashhur hikoyalarning o'ziga xos talqinlari bilan tanishtiradi, odamlar hayotidan qiziqarli misollar, tarixiy va ilmiy faktlarni keltiradi. Professor Piterson o'z asarida ko'plab insonlarning turmushidan misollar keltirib, hayotiy donishmandlikni ulashadi. Bu birgina muallifning donishmandligi emas, balki insoniyat asrlar davomida to'plagan bilimlardir. Endi mazkur bilimlarni oddiy 12 qoidaga umumlashtirib, eslab qolishimiz mumkin. Bu imkoniyatdan foydalaning va kitobni o'qib chuqur mulohaza ustasi bo'lgan Jordan Piterson bilan ilm-fan, falsafa, tarix hamda adabiyot olamiga sho'ng'ing. Ushbu kitob Xalq banki bilan hamkorlikda chop etildi. Ko'proq ko'rish

Book details

Publisher
Asaxiy
Publication year
2024

476 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 24 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next