Kitoblarimcatalogue
Back to books
Zukkolar va landavurlar
Literary translation

Zukkolar va landavurlar

Bu foniy dunyo hayotini adolatli deb bo'lmaydi. Negaki, unda pul, hokimiyat, shon-shuhrat va omad odamlarning barchasiga teng taqsimlangan emas. Nega ayrim odamlarning hamma narsasi bor, boshqalarda esa hech vaqo yo'q? Omadning sabablarini faqat insonning tabiat in'om etgan shaxsiy fazilatlari bilan bog'lash to'g'rimikin? Malkolm Gladuell har doim mutlaqo tasodif hisoblab kelingan muvaffaqiyatlarning zamirida yotgan yashirin qonuniyatlarni topgan birinchi insondir. Bu qonuniyatlar nega aksariyat buyuk xokkeychilar faqat yanvarda tug'ilganligini va hech qachon oktyabrda tug'ilmasligini, nima uchun matematikani osiyolik talabalar boshqalardan ko'ra osonroq o'zlashtirishini, nega Nyu-Yorkning eng obro'li advokati bo'lish uchun albatta yahudiy bo'lish lozimligini tushuntirib beradi. Bu kitob Bill Geyts, “Bitlz” va Motsart kabi shaxslarni nima bog'lab turishini hamda ular nega o'z tengdoshlaridan o'zib ketganligini ko'rsatadi. “Zukkolar va Landavurlar” — yuqori darajadagi muvaffaqiyatga hissa qo'shadigan omillarni o'rganadigan ajoyib kitob. Muallifning ta'kidlashicha, biz ko'pincha imkoniyat va vaziyatning roliga emas, balki shaxsiy iste'dodga juda ko'p e'tibor qaratamiz. Kitobda berilgan yana bir tushuncha — bu “Metyu effekti”. Bu boylar boyib boradi, kambag'allar esa qashshoqlashadi, degan fikr. Gladuellning ta'kidlashicha, bu hodisa nafaqat pulga, balki imkoniyatlarga ham tegishli. Imtiyozli sharoitlarda tug'ilganlar muvaffaqiyatga erishish uchun zarur imkoniyatlarga ega bo'lish ehtimoli ko'proq bo'lar ekan. Zukkolar va Landavurlar — bu muvaffaqiyat haqidagi an'anaviy tushunchamizni shubha ostiga qo'yadigan o'ylantiruvchi kitob. Katta yutuqlarga hissa qo'shadigan omillarni tushunishga qiziqqan har bir kishi o'qishi foydali bo'ladi. Bu kitobni o'qish uchun ba'zi sabablar: • Muvaffaqiyat haqidagi taxminlaringizni shubha ostiga qo'yadi. • Imkoniyat va vaziyatning roli haqida yangi nuqtai nazar beradi. • Sizga amaliyotning ahamiyatini o'rgatadi. • Davomli harakat tug'ma talantdan foydaliroq ekanini ko'rsatadi. “Zukkolar va landavurlar” — “qanday qilib muvaffaqiyatli inson bo'lish” bo'yicha qo'llanma emas. Bu siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan hayot qonuniyatlari olamiga zavqli bir sayohatdir. Kitob necha yil davomida “New York Times” va “Amazon” bestsellerlari ro'yxatidan tushmagan ushbu kitobni ko'plab mutaxassislar muvaffaqiyat haqidagi eng jiddiy kitob deb talqin etishgan. U tushunarli, aniq, ma'lumotga boy va qiziqarli tarzda yozilgani sabab ko'plab kitobxonlarga manzur bo'ladi. Kitob talabalarga, o'qituvchilarga, o'quvchilarga, tadbirkorlarga, umuman muvaffaqiyat qonunlarini kashf etish, o'z ishida professional bo'lishni, biror bir sohani o'rganishni xohlaydiganlarga tavsiya etiladi.

Book details

Publisher
Asaxiy
Publication year
2019

240 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 12 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more