
Zukkolar va landavurlar
Bu foniy dunyo hayotini adolatli deb bo'lmaydi. Negaki, unda pul, hokimiyat, shon-shuhrat va omad odamlarning barchasiga teng taqsimlangan emas. Nega ayrim odamlarning hamma narsasi bor, boshqalarda esa hech vaqo yo'q? Omadning sabablarini faqat insonning tabiat in'om etgan shaxsiy fazilatlari bilan bog'lash to'g'rimikin? Malkolm Gladuell har doim mutlaqo tasodif hisoblab kelingan muvaffaqiyatlarning zamirida yotgan yashirin qonuniyatlarni topgan birinchi insondir. Bu qonuniyatlar nega aksariyat buyuk xokkeychilar faqat yanvarda tug'ilganligini va hech qachon oktyabrda tug'ilmasligini, nima uchun matematikani osiyolik talabalar boshqalardan ko'ra osonroq o'zlashtirishini, nega Nyu-Yorkning eng obro'li advokati bo'lish uchun albatta yahudiy bo'lish lozimligini tushuntirib beradi. Bu kitob Bill Geyts, “Bitlz” va Motsart kabi shaxslarni nima bog'lab turishini hamda ular nega o'z tengdoshlaridan o'zib ketganligini ko'rsatadi. “Zukkolar va Landavurlar” — yuqori darajadagi muvaffaqiyatga hissa qo'shadigan omillarni o'rganadigan ajoyib kitob. Muallifning ta'kidlashicha, biz ko'pincha imkoniyat va vaziyatning roliga emas, balki shaxsiy iste'dodga juda ko'p e'tibor qaratamiz. Kitobda berilgan yana bir tushuncha — bu “Metyu effekti”. Bu boylar boyib boradi, kambag'allar esa qashshoqlashadi, degan fikr. Gladuellning ta'kidlashicha, bu hodisa nafaqat pulga, balki imkoniyatlarga ham tegishli. Imtiyozli sharoitlarda tug'ilganlar muvaffaqiyatga erishish uchun zarur imkoniyatlarga ega bo'lish ehtimoli ko'proq bo'lar ekan. Zukkolar va Landavurlar — bu muvaffaqiyat haqidagi an'anaviy tushunchamizni shubha ostiga qo'yadigan o'ylantiruvchi kitob. Katta yutuqlarga hissa qo'shadigan omillarni tushunishga qiziqqan har bir kishi o'qishi foydali bo'ladi. Bu kitobni o'qish uchun ba'zi sabablar: • Muvaffaqiyat haqidagi taxminlaringizni shubha ostiga qo'yadi. • Imkoniyat va vaziyatning roli haqida yangi nuqtai nazar beradi. • Sizga amaliyotning ahamiyatini o'rgatadi. • Davomli harakat tug'ma talantdan foydaliroq ekanini ko'rsatadi. “Zukkolar va landavurlar” — “qanday qilib muvaffaqiyatli inson bo'lish” bo'yicha qo'llanma emas. Bu siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan hayot qonuniyatlari olamiga zavqli bir sayohatdir. Kitob necha yil davomida “New York Times” va “Amazon” bestsellerlari ro'yxatidan tushmagan ushbu kitobni ko'plab mutaxassislar muvaffaqiyat haqidagi eng jiddiy kitob deb talqin etishgan. U tushunarli, aniq, ma'lumotga boy va qiziqarli tarzda yozilgani sabab ko'plab kitobxonlarga manzur bo'ladi. Kitob talabalarga, o'qituvchilarga, o'quvchilarga, tadbirkorlarga, umuman muvaffaqiyat qonunlarini kashf etish, o'z ishida professional bo'lishni, biror bir sohani o'rganishni xohlaydiganlarga tavsiya etiladi. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Asaxiy
- Nashr yili
- 2019
240 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 12 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Raqamli qal'a
Den Braun · 2019

Beparvolikning nozik san'ati
Mark Menson · 2020

Samaradorlikning 21 yo'li
Brayan Treysi · 2020

Stiv Jobs
Uolter Ayzekson · 2019

O'lsang, kim yig'laydi?
Robin Sharma · 2023

Yolg'onlar shahri (so'nggi muqova nusxasi)
Ramita Navai · 2020

1984 (Premium sifat)
Jorj Oruel · 2019

Гении и аутсайдеры. Почему одним всё, а другим ничего?
Malkolm Gladuell · 2025