
Farovonlik paradoksi
Qashshoqlikdan qutulish mumkin. Savol esa — “qanday qilib?” Qanday qilib mamlakatlar farovonlikka erishishi mumkin? Farovonlikning asl kaliti nimada? Ko'plar bu savollarga turli javoblarni taklif qilsa-da, dunyodagi eng taniqli universitet - Harvard professori Kleyton Kristensen boshchiligidagi tadqiqotchilar "Farovonlik paradoksi" kitobida boshqalardan farq qiladigan, lekin dalillarga asoslangan amaliy yechimlarni taqdim etishgan. Kitobda mualliflar nafaqat AQSH yoki Yevropa mamlakatlari, balki Meksika, Yaponiya, Janubiy Koreya va hatto Nigeriya kabi turli davlatlar misolida innovatsiyalar qanday qilib millionlab insonlarning turmush tarzini o'zgartirganini ochib beradi. Ular real hayotiy misollar orqali ko'rsatadi: nima uchun ba'zi mamlakatlar tez rivojlanadi va bu rivojlanishga nima sabab bo'ladi? Kitob sizni nafaqat iqtisodiyot va innovatsiyalar bilan tanishtiradi, balki kengroq savollarni qo'yadi: nimaga aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ko'plab qarorlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Bu savollar, Kristensenning ilmiy tadqiqotlari bilan birga, global rivojlanishning zamonaviy muammolarini yanada tushunishga yordam beradi. Kitob siyosatchilar, davlat xizmatchilari, iqtisodchilar, tadbirkorlar, talabalar va umuman mamlakat taqdiriga bee'tibor bo'lmagan barchaga tavsiya qilinadi. Kitob haqida taniqli shaxslar fikri: "Kleyton Kristensenning so'nggi kitobi - "Farovonlik paradoksi"ni barcha mutolaa qilishi kerak. Kristensen va uning hammualliflari kuchli, ishonarli va ajoyib tarzda dunyoning eng umidsiz iqtisodlarida innovatsiyalarning o'yinni o'zgartiruvchi roli haqida ishonchli dalillarni keltiradilar." - Erik Shmidt, Google va Alphabet sobiq ijrochi raisi "Farovonlik paradoksi xayriya va ijtimoiy farovonlik haqidagi fikrimizni o'zgartirish qudratiga ega. Biz odamlarni qashshoqlikdan qanday chiqarish mumkinligi bilan kurashishda davom etar ekanmiz, Kley Kristensen, Efosa Ojomo va Karen Dillon butun dunyo bo'ylab millionlab odamlar uchun yangi va innovatsion yechim taqdim etadilar. Haqiqatan ham gullab-yashnagan jamiyatni yaratmoqchi bo'lgan, global masalalarga qiziqqan har bir kishi bu kitobni o'qishi kerak." - Arianna Xaffington, Thrive Global asoschisi va bosh direktori "Farovonlik paradoksi - bu bizning omon qolishimiz imkoniyatlar yaratishga bog'liqligini tan oladiganlar uchun harakatga chaqiruvdir. Bu kitob innovatorlarga yanada rahmdil bo'lishga, rahmdillarga esa innovatsionroq bo'lishga yordam beradi." - Tom Fletcher, CMG, Buyuk Britaniyaning sobiq elchisi va "Yalang'och diplomat" kitobi muallifi Ushbu kitob Xalq banki bilan hamkorlikda chop etildi.
Book details
- Publisher
- Asaxiy
- Publication year
- 2024
376 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 19 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

To'rtinchi sanoat inqilobi
Klaus Shvab · 2022

Bir varaqli marketing reja
Allan Dib · 2022

Ajib yangi dunyo
Oldos Haksli · 2021

Yalang'och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
Charlz Uilan · 2022

Bank 4.0 Doim siz bilan - hozir va shu yerda
Brett King · 2023

How Will You Measure Your Life?
Clayton M. Christensen, James Allworth, Karen Dillon · 2012

Akmal Saidov: O'zbekiston "Nyusmeyker" davlatlar safida
Shavkat Mirziyoyev · 2018

Вторая мировая война. Полная история
Мартин Гильберт · 2024
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more