Kitoblarimкаталог
Farovonlik paradoksi
Художественный перевод

Farovonlik paradoksi

Qashshoqlikdan qutulish mumkin. Savol esa — “qan­day qilib?” Qanday qilib mamlakatlar farovonlikka erishishi mumkin? Farovonlikning asl kaliti nimada? Ko'plar bu savollarga turli javoblarni taklif qilsa-da, dunyodagi eng taniqli universitet - Harvard professori Kleyton Kristensen boshchiligidagi tadqiqotchilar "Farovonlik paradoksi" kitobida boshqalardan farq qiladigan, lekin dalillarga asoslangan amaliy yechimlarni taqdim etishgan. Kitobda mualliflar nafaqat AQSH yoki Yevropa mamlakatlari, balki Meksika, Yaponiya, Janubiy Koreya va hatto Nigeriya kabi turli davlatlar misolida innovatsiyalar qanday qilib millionlab insonlarning turmush tarzini o'zgartirganini ochib beradi. Ular real hayotiy misollar orqali ko'rsatadi: nima uchun ba'zi mamlakatlar tez rivojlanadi va bu rivojlanishga nima sabab bo'ladi? Kitob sizni nafaqat iqtisodiyot va innovatsiyalar bilan tanishtiradi, balki kengroq savollarni qo'yadi: nimaga aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ko'plab qarorlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Bu savollar, Kristensenning ilmiy tadqiqotlari bilan birga, global rivojlanishning zamonaviy muammolarini yanada tushunishga yordam beradi. Kitob siyosatchilar, davlat xizmatchilari, iqtisodchilar, tadbirkorlar, talabalar va umuman mamlakat taqdiriga bee'tibor bo'lmagan barchaga tavsiya qilinadi. Kitob haqida taniqli shaxslar fikri: "Kleyton Kristensenning so'nggi kitobi - "Farovonlik paradoksi"ni barcha mutolaa qilishi kerak. Kristensen va uning hammualliflari kuchli, ishonarli va ajoyib tarzda dunyoning eng umidsiz iqtisodlarida innovatsiyalarning o'yinni o'zgartiruvchi roli haqida ishonchli dalillarni keltiradilar." - Erik Shmidt, Google va Alphabet sobiq ijrochi raisi "Farovonlik paradoksi xayriya va ijtimoiy farovonlik haqidagi fikrimizni o'zgartirish qudratiga ega. Biz odamlarni qashshoqlikdan qanday chiqarish mumkinligi bilan kurashishda davom etar ekanmiz, Kley Kristensen, Efosa Ojomo va Karen Dillon butun dunyo bo'ylab millionlab odamlar uchun yangi va innovatsion yechim taqdim etadilar. Haqiqatan ham gullab-yashnagan jamiyatni yaratmoqchi bo'lgan, global masalalarga qiziqqan har bir kishi bu kitobni o'qishi kerak." - Arianna Xaffington, Thrive Global asoschisi va bosh direktori "Farovonlik paradoksi - bu bizning omon qolishimiz imkoniyatlar yaratishga bog'liqligini tan oladiganlar uchun harakatga chaqiruvdir. Bu kitob innovatorlarga yanada rahmdil bo'lishga, rahmdillarga esa innovatsionroq bo'lishga yordam beradi." - Tom Fletcher, CMG, Buyuk Britaniyaning sobiq elchisi va "Yalang'och diplomat" kitobi muallifi Ushbu kitob Xalq banki bilan hamkorlikda chop etildi. Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2024

376 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 19 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше