Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Yalang'och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
Художественный перевод

Yalang'och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi

Dunyo kitobxonlariga sevimli bo'lib ulgurgan “Yalang'och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi” kitobi endi o'zbek tilida! Charlz Uilanning “Yalang'och iqtisodiyot” nomli kitobida iqtisodiyotning mohiyati hamda dolzarb masalalari sodda va tushunarli, barchamizga tanish hayotiy misollar bilan yoritilgan. Kitobda murakkab chizmalar yoki sirli formulalar yo'q, balki moddiyat dunyosida qanday qonuniyatlar hukmronlik qilishi va davlatlar nimaning hisobiga boyishi tushuntirilgan. Asarni o'qiy boshlaganimizda muallif ulkan iqtisodiyot olamidagi yo'lboshchimizga aylanib, bu olamning eng chekka burchaklarigacha biz bilan sayohat qiladi. Uilan ‒ ishonchli yo'lboshchi, uning biz bilan olib boradigan suhbati esa samimiy va do'stona ruhda kechadi. Maroq bilan o'qiladigan ushbu kitob o'quvchida iqtisodiy savodxonlik oshishiga xizmat qiladi. Kitobxonni fanning tub mohiyati bilan yuzlashtirib, kunning eng muhim iqtisodiy muammolarini tushunadigan o'qimishli fuqaroga aylantiradi. Uilan iqtisodiyotni chizma, diagramma va tenglamalarsiz ham tushuntirib berish mumkinligini isbotlab beradi. U iqtisodiy tahlilni juda ham qiziqarli uslubda izohlaydi. Bu kitob kollej va institutlarning iqtisodiyot kurslari uchun ancha foydali qo'shimcha darslik bo'la oladi. Eng mu­­­himi ‒ iqtisodiyotni o'ta zerikarli va mijg'ov fan sifa­tida ko'rgan hamda uni o'rganishdan bosh tortgan inson­­­larning qarashlarini o'zgartirib yuborishga qodir. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Bravo, Charlz Uilan, imkonsiz narsani: iqtisodni o'rganishni qiziqarli, tushunarli va kulgili qilganingiz uchun.“ — Debora Kopaken Kogan, “Shutterbabe: Adventures in Love and War” muallifi “Men ushbu kitobni ozgina og'riq va katta zavq bilan iqtisodiyotni tushunishni istagan har bir kishiga tavsiya qilaman.“ ― Gari Bekker, 1992-yil iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori “Aniq, qisqa, ma'lumotga boy va dono.“ — Chicago Tribune Muallif haqida: Charlz Uilan — amerikalik professor, jurnalist, ma'ruzachi va “Unite America” tashkilotining asoschisi va hamraisi. Uilan “Yalang'och statistika”, “Yalang'och iqtisodiyot” va “Yalang'och pul” kabi bestseller kitoblarning muallifi. Uilan 1988-yilda Dartmut kollejini tamomlagan; u Alpha Delta birodarligining a'zosi bo'lgan. 1997-yildan 2002-yilgacha The Economist gazetasining O'rta G'arbdagi muxbiri bo'lgan. U shuningdek, Chicago Tribune, The New York Times, The Wall Street Journal va Yahoo!Finance uchun maqolalar yozgan. Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2022

504 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 26 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше