
Yalang'och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
Dunyo kitobxonlariga sevimli bo'lib ulgurgan “Yalang'och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi” kitobi endi o'zbek tilida! Charlz Uilanning “Yalang'och iqtisodiyot” nomli kitobida iqtisodiyotning mohiyati hamda dolzarb masalalari sodda va tushunarli, barchamizga tanish hayotiy misollar bilan yoritilgan. Kitobda murakkab chizmalar yoki sirli formulalar yo'q, balki moddiyat dunyosida qanday qonuniyatlar hukmronlik qilishi va davlatlar nimaning hisobiga boyishi tushuntirilgan. Asarni o'qiy boshlaganimizda muallif ulkan iqtisodiyot olamidagi yo'lboshchimizga aylanib, bu olamning eng chekka burchaklarigacha biz bilan sayohat qiladi. Uilan ‒ ishonchli yo'lboshchi, uning biz bilan olib boradigan suhbati esa samimiy va do'stona ruhda kechadi. Maroq bilan o'qiladigan ushbu kitob o'quvchida iqtisodiy savodxonlik oshishiga xizmat qiladi. Kitobxonni fanning tub mohiyati bilan yuzlashtirib, kunning eng muhim iqtisodiy muammolarini tushunadigan o'qimishli fuqaroga aylantiradi. Uilan iqtisodiyotni chizma, diagramma va tenglamalarsiz ham tushuntirib berish mumkinligini isbotlab beradi. U iqtisodiy tahlilni juda ham qiziqarli uslubda izohlaydi. Bu kitob kollej va institutlarning iqtisodiyot kurslari uchun ancha foydali qo'shimcha darslik bo'la oladi. Eng muhimi ‒ iqtisodiyotni o'ta zerikarli va mijg'ov fan sifatida ko'rgan hamda uni o'rganishdan bosh tortgan insonlarning qarashlarini o'zgartirib yuborishga qodir. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Bravo, Charlz Uilan, imkonsiz narsani: iqtisodni o'rganishni qiziqarli, tushunarli va kulgili qilganingiz uchun.“ — Debora Kopaken Kogan, “Shutterbabe: Adventures in Love and War” muallifi “Men ushbu kitobni ozgina og'riq va katta zavq bilan iqtisodiyotni tushunishni istagan har bir kishiga tavsiya qilaman.“ ― Gari Bekker, 1992-yil iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori “Aniq, qisqa, ma'lumotga boy va dono.“ — Chicago Tribune Muallif haqida: Charlz Uilan — amerikalik professor, jurnalist, ma'ruzachi va “Unite America” tashkilotining asoschisi va hamraisi. Uilan “Yalang'och statistika”, “Yalang'och iqtisodiyot” va “Yalang'och pul” kabi bestseller kitoblarning muallifi. Uilan 1988-yilda Dartmut kollejini tamomlagan; u Alpha Delta birodarligining a'zosi bo'lgan. 1997-yildan 2002-yilgacha The Economist gazetasining O'rta G'arbdagi muxbiri bo'lgan. U shuningdek, Chicago Tribune, The New York Times, The Wall Street Journal va Yahoo!Finance uchun maqolalar yozgan. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Asaxiy
- Nashr yili
- 2022
504 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 26 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

To'rtinchi sanoat inqilobi
Klaus Shvab · 2022

Stiv Jobs
Uolter Ayzekson · 2019

Mening hayotim
Henri Ford · 2021

Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do'kon tarixi
Toni Shey · 2020

Блог на миллион долларов
Наташа Кортни-Смит · 2021

А. З. Авлокулов, д. Х. Шадиева, Р. У. Бадалов: Основы венчурного инвестирования
2014

Стань самым умным и самым богатым (Часть 2)
Шамиль Аляутдинов · 2019

Личные границы. Как их устанавливать и отстаивать
Дженни Миллер, Виктория Ламберт · 2019