Kitoblarimcatalogue
Back to books
Bir varaqli marketing reja
Literary translation

Bir varaqli marketing reja

Diqqat: agar pulni yomon ko'rsangiz, bu kitobni o'qimang! Muvaffaqiyatli biznes sohibi bo'lish uchun tasodifiy harakatlardan tiyilib, puxta reja asosida ishlash kerak. Odatda marketing reja tuzish murakkab va ko'p vaqt oladigan jarayon. Shu bois aksar ishbilarmonlar unga yetarli vaqt ajratmaydi. O'zining “Bir varaqli marketing reja” kitobida tadbirkor va marketolog Allan Dib marketing reja qanday qilib oson va tez bitkazishni o'rgatadi. U birgina sahifaga sig'adi, to'qqiz katakdan iborat bo'ladi. Uning yordamida siz murakkab marketing rejangizni tuzib, boshlovchidan soha ustasiga aylanishingiz mumkin. Biznes endi boshlayapsizmi yoki tajribali tadbirkormisiz, bundan qat'i nazar, bir varaqli marketing reja biznesingizni o'stiradigan marketing reja tuzishning oson va tezkor usulidir. Ushbu yangi kitobda siz quyidagilarni bilib olasiz: • Qanday qilib yangi mijozlar topish va mavjudlaridan ko'proq foyda olish; • “Katta biznes”larga mo'ljallangan marketing kichik va o'rta biznes strategiyalarini o'ldirishi sabablari; • Tom ma'noda bir sahifali shaxsiy marketing reja tuzishdagi oddiy bosqichli jarayon. Shunchaki kitobni o'qib, boblar so'ngidagi bir varaqli marketing rejaning kataklarini to'ldirib keting. • Qanday qilib raqiblarni yengish va o'zingizni mijoz uchun yagona tanlovga aylantirish; • Qanday qilib to'g'ridan to'g'ri javob marketing sirlaridan foydalangan holda, kichik byudjet bilan katta natijalarga erishish; • Qanday qilib mahsulot va xizmatlaringizga yuqori narx qo'yish va mijozlar roziligini olish. Tadbirkor va marketolog Allan Dib o'zining ko'p yillik tajribasi va izlanishi samarasi o'laroq marketing rejani bir varaqqa sig'dirishga erishdi. Ushbu kitobda muallif bir varaqli marketing reja tuzish barobarida kichik va o'rta biznes yo'l qo'yadigan xatolar va ularni tuzatish yo'llari, mijoz topish, daromadni oshirish va biznesni avtomatlashtirish haqidagi o'z bilimlarini o'rtoqlashadi. Shuningdek, biznesni boshlashdan to uni so'nggi mijozga sotguncha bo'lgan jarayon bilan ham tanishasiz. “Bir varaqli marketing reja” kitobida tadbirkor va marketolog Allan Dib marketing rejani tez va oson tuzishni o'rgatadi. Bu reja birgina sahifada jamlanib, to'qqiz katakdan iborat bo'ladi. Va o'z murakkab marketing rejangizni tuzishda qo'l keladi. Natijada siz havaskordan soha ustasiga aylanishingiz mumkin. Sohada yangimisiz yoki tajribalimi, bundan qat'iy nazar, “Bir varaqli marketing reja” biznesingizni o'stiruvchi yo'riqnoma tuzishning oson va tezkor usulidir. “Marketing juda murakkablashib borayotganini hamma biladi. Allan Dib bu muammoni o'zining ajoyib yangi kitobi bilan hal qiladi. Uni o'qing va hayotingizni soddalashtiring.“ ―Al Ries, “ Positioning: The Battle for Your Mind “ muallifi Ko'proq ko'rish

Book details

Publisher
Asaxiy
Publication year
2022

268 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 14 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next