Kitoblarimcatalogue
Back to books
Eljernonga atalgan gullar. Hyugo mukofoti sovrindori
Literary translation

Eljernonga atalgan gullar. Hyugo mukofoti sovrindori

“Ishonarli, hayajonga soluvchi va yurakni larzaga keltiruvchi asar”. – Nyu-York Tayms “Yurakni larzaga keltiruvchi mohirat asari… Jo'shqin... Inkor qilib bo'lmas qadar haqiqiy”. — Baltimor San Deniyel Kizning “Eljernonga atalgan gullar” asari AQSHda adabiyot bo'yicha maktab dasturiga kiritilgan kitoblardan biridir. Asar 1966-yilning eng zo'r romani deb topilgan, “Nebula” va “Hyugo” mukofotini olgan. Deniyel Kiz asarni 14 yil mobaynida hayotida ro'y bergan voqealar bilan boyitib borgan. Asarning bir necha qismi aqli zaif inson tilidan so'zlangan bo'lib, tarjimon qahramon tilini boricha — imloviy va uslubiy jihatdan saqlashga harakat qilgan. Asar matnidagi ayrim g'ayriodatiy, g'alati jumlalar imloviy yoki uslubiy xatolar emas. Tarjimada ham muallifning ana shu uslubini imkon qadar saqlab qolishga harakat qilindi. Charli Gordon o'zining aqlli emasligini biladi. Yoshi 32 da, novvoyxonada pol artuvchi bo'lib ishlaydi va arzimagan pul topadi. Haftada 3-marta oqshom payti aqliy rivojlanishdan ortda qolgan kattalar uchun ochilgan markazda dars oladi. Ammo endi bularning bari o'zgarish bo'sag'asida turibdi. Shifokorlar nozik bir tajriba o'tkazmoqchi. Ular Charlining miyasini operatsiya qilmoqchi. Ular operatsiya va maxsus dori Charlining intellektini oshirishiga umid qiladi, chunki bu tajriba laboratoriya sichqonchasi Eljernon bilan o'tkazilganda ijobiy natija berdi. Shu asnoda Charli har kuni nima his qilayotganini kundalikka yozib boradi. Bu uning miyasi va hayotida sodir bo'lgan hayratlanarli o'zgarishlar bitilgan ta'sirli qaydlarga aylanadi. “Eljernonga atalgan gullar” dastlab hikoya tarzida nashr qilinadi, ammo tez orada ko'pchilikning olqishiga sazovor bo'ladi. Muallif haqida Deniyel Kiz (1927 — 2014) Nyu-Yorkning Bruklin shaharchasida tug'ilgan. Bakalavr va magistrlik darajasini Bruklin kollejida olgan. U 8 ta asar yozgan. Ularning orasida 1966-yilda ilk bor nashr qilinib, 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan “Eljernonga atalgan gullar” asari ham bor. Asar asosida suratga olingan “Charli” filmi esa Oskar mukofotiga loyiq topilgan. Deniyel Kiz, shuningdek, savdogar dengizchi, badiiy muharrir, maktabda o'qituvchi hamda Ohayo universitetida professor bo'lib ham ishlagan. 2000-yil Ohayo universitetida u “Xizmat ko'rsatgan professor” unvoni bilan taqdirlangan. Muallifning qo'lingizdagi ushbu asari Hyugo va Nebula mukofotlari bilan taqdirlangan va 2000-yil Amerika ilmiy-fantast va fantast yozuvchilari uni “Xizmat ko'rsatgan muallif” deb e'tirof etgan. Ko'proq ko'rish

Book details

Publisher
Asaxiy
Publication year
2021

260 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 13 days.

In the Kitoblarim bot: 1 reading · 1 want to read · 2 have read it

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next