Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Farengeyt bo'yicha 451º
Badiiy tarjima

Farengeyt bo'yicha 451º

Hayot tezlashgan, bir xillik tenglik deb ataladigan, odamlar bir-birini eshitmaydigan, fikrlashdan to'xtagan, hurlik mahv etilgan… Bu jamiyatda kitoblar aql kushandasi sanaladi, taqiqlar tufayli odamlar asta-sekin ulardan voz kechadi, adabiyotdan qo'rqadi. Ular faqat quloqlaridagi “chig'anoq”lardan taraladigan ma'nisiz musiqadan mast, reklamalardan sarhush yashaydi.Kitoblar taqiqlangan yaqin kelajakdagi xayoliy Amerika jamiyati haqida hikoya qiluvchi ushbu asar bosh qahramoni Gay Monteg – o't o'chiruvchi. Nomi o't o'chiruvchi, ammo kitoblarni ular topilgan uylar bilan qo'shib yoqish uning a'molidir. Ammo kuni kelib, u o'z kasbining to'g'riligiga shubhalanib qoldi va asta-sekin fikrlashni istayotganini sezdi, ana shundan boshlangan isyon ortidan u o'zi yashab turgan jamiyatdagi tutumni, tartibotni savol ostiga ola boshladi. Alaloqibat u o'zi kabi insonlardan iborat yashirin guruhga qo'shildi… Ilk bor nashr etilganiga qariyb 70 yil bo'lsa-da, Rey Bredberining dunyo miqyosida tan olingan “Farengeyt bo'yicha 451º” asari hamon jahon adabiyotining sara asarlaridan bo'lib kelmoqda. Ushbu distopik asarda ko'tarilgan mavzular bugun har qachongidan ham dolzarbroq tus olib boryapti.Kitob haqida OAV va mashhurlar: Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Ajoyib . . . Hayratlanarli va zakovatga boy . . . Biznikiga nihoyatda o'xshash bo'lgan telba dunyoni Rey Bredberi o'quvchini o'ziga asir qiladigan tarzda tasvirlagan.” — Orvill Preskott, “The New York Times” nashri “Durdona asar . . . Har bir inson o'qishi shart bo'lgan ulug'vor Amerika klassikasi: o'smir holingizda o'qisangiz hayotingizni o'zgartirib yuboradigan, voyaga yetganda qayta o'qisangiz hali ham jozibasini yo'qotmaydigan asardir.” —Elis Xoffman, “The Boston Globe” nashri “Haqiqatan ham o'ziga xos tasavvurning qudrati va beqiyos namoyishi hayajonga soladi . . . Bredberi juda ajoyib va noyob iqtidor egasi.” — Kristofer Ishervud, “Tomorrow” nashri “Mamlakatning eng sevimli yozuvchilaridan biri . . . Ajoyib hikoyanavis, ba'zan afsona yaratuvchi, chinakam Amreka klassiki.” — Maykl Dirda, “The Washington Post” nashri Muallif haqida: Rey Bredberi (1920–2012) ko'plab asarlar, jumladan, “Farengeyt bo'yicha 451 daraja”, “Mars solnomalari”, “Chizilgan odam”, shuningdek, yuzlab hikoyalar muallifi. U teatr, kino, televideniye uchun ssenariylar ham yozgan va 65 ta hikoyasini “Rey Bredberi teatri”ga moslagan. Rejissyor Jon Hyustonning “Mobi Dik” va Emma mukofotiga loyiq topilgan “Xellouin daraxti” telepyesalari ssenariylari ham uning qalamiga mansub. U 2000-yilda Amerika maktublariga qo'shgan hissasi uchun Milliy kitob jamg'armasining medali, 2007-yilda Pulitser mukofotining maxsus nominatsiyasi va ko'plab boshqa mukofotlarga sazovor bo'lgan. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashriyot
Asaxiy
Nashr yili
2022

224 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 12 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun