
Yuqori Texnologiyalar. G'aroyibotdan Amaliyotga (Mening birinchi ensiklopediyam)
Har yili ko'plab yangi ilmiy-texnik ishlanmalar paydo bo'lmoqda. So'nggi 100 yil ichida insoniyat transport va qishloq xo'jaligida mexanik uskunalar hamda hayvonlardan foydalanishdan tortib inson ishtirokisiz dasturlashtirilgan harakatlarni bajarishga qodir murakkab mashinalarni yaratishgacha bo'lgan ulkan davrni bosib o'tdi. Taraqqiyot tufayli mutlaqo yangi kasblar paydo bo'ldi, ba'zilari esa, aksincha, keraksizligi sababli barham topdi. Hozirda kompyuterlar murakkab matematik hisob-kitoblarni qo'lda bajargan hisobchilarning o'rnini egalladi, telefon kompaniyalari abonentlarini bir-biriga ulagan telefon stansiyasi xodimalari ham o'tmishda qoldi. Shunisi diqqatga sazovorki, ba'zi fantast yozuvchilar ko'plab texnika yutuqlarini ular hali yaratilmagan paytda oldindan bashorat qila olishgan. Misol uchun 1903 yilda yozilgan «Quruqlikdagi bronenosets» nomli hikoyada britaniyalik yozuvchi Gerbert Uells o'z yo'lida barcha tirik narsalarni qirib tashlashga qodir bo'lgan, zirh bilan qoplangan mashinalarni tasvirlagan. Hikoya ilk marta e'lon qilingandan 13 yil o'tibgina birinchi haqiqiy tanklar paydo bo'ldi. Gerbert Uellsning boshqa «bashoratlari orasida hattoki avtomatik eshiklar ham bo'lgan, biroq muallifga bu kashfiyotning guvohi bo'lish nasib etmagan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib ilk zamonaviy avtomatik eshiklar paydo bo'lgan.
Kitob haqida
- Nashriyot
- O'zbekiston
- Nashr yili
- 2021
- Tili
- O'zbek tili
96 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 5 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Dunyo daholari: Stiv Jobs - Kompyuterga jon bergan odam
2024

Dunyo daholari: Motsart - Musiqa dahosi
2024

Bilimga intiluvchilar uchun Ensiklopediya (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Koinot (Mening birinchi ensiklopediyam)
2022

Tanklar haqida Ensiklopediya (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Jajji akademik (9 son)

Самые милые животные. Большая энциклопедия для маленьких
2025

The Wind in the Willows (used)
Kenneth Grahame's
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash