
Koinot (Mening birinchi ensiklopediyam)
Inson Yer yuzida bir necha million yillardan beri yashar ekan, ular so'zsiz samoni ham kuzatishgan. Quyosh, Oy, son-sanoqsiz yulduzlar, dumli kometalar va yorqin meteorlar qadim zamonlardan buyon insonlar e'tiborini tortib kelayotgan ajoyib hodisalarning kichik bir qismidir. Odamlar osmonni kuzatganlari sari ularda ko'plab savollar paydo bo'lgan. Nima uchun Quyosh va yulduzlar porlaydi? Quyosh tutilishi nima uchun ro'y beradi? Yulduzlarning so'nishi nima va ular qayerdan tushadi? Nima uchun osmonda kometalar paydo bo'ladi va bu nimani anglatadi? Oy nima va u nima uchun kechasi, Quyosh esa kunduzi nur sochadi? Nima uchun yulduzlar osmon bo'ylab harakatlanadi - Yerchi harakatlanyaptimi? Agar u harakatlanayotgan bo'lsa, qanday qilib? Inson koinotni kuzatarkan, uni cheksiz savollar qiynar edi. Dastlab bu savollarga ruhoniylar javob berishga harakat qilishdi. Natijada turli xil hodisalar haqidagi afsona va to'qimalar paydo bo'ldi. Vaqt o'tishi bilan bu kabi farazlar odamlarni qoniqtirmay qo'ydi. Oxir-oqibat ushbu savollarga o'z mulohazalari va tajribalari yordamida javob topishga harakat qilgan olimlar paydo bo'ldi. Shunday qilib, koinotning tuzilishi va qonunlarini o'rganadigan fan - astronomiya yuzaga keldi. Ko'plab iste'dodli astronomlarning mehnati tufayli biz koinotga oid savollarga ishonchli javoblarni oldik. Ularning ba'zilarini qo'lingizdagi kitobni o'qib bilib olasiz. Kitobni o'qib chiqqaningiz sari siz koinot haqidagi bilimlarni bilib ola boshlaysiz. Ishonchimiz komilki, koinot sizni qiziqtirib qo'yadi va kitobga bo'lgan qiziqishingiz ortadi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- O'zbekiston
- Nashr yili
- 2022
- Asl tili
- O'zbek tili
96 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 5 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Bilimga intiluvchilar uchun Ensiklopediya (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Odam tanasining tuzilishi (Mening birinchi ensiklopediyam)
2022

Yuqori Texnologiyalar. G'aroyibotdan Amaliyotga (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Suvosti dunyosi (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Aviatsiya (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Jajji akademik (9 son)

Самые милые животные. Большая энциклопедия для маленьких
2025

The Wind in the Willows (used)
Kenneth Grahame's
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash