
Odam tanasining tuzilishi (Mening birinchi ensiklopediyam)
Inson tanasida har bir soniyada yarim millionga yaqin kimyoviy reaksiyalar sodir bo'ladi. Inson tanasi ko'plab jarayonlarni nazorat qilish imkonini beradigan muayyan noyob sxema bo'yicha ishlaydi. Yoshligimizdanoq tanamiz bilan sodir bo'ladigan o'zgarishlarni kuzata olamiz. Albatta, barcha o'zgarishlarni kuzatib borishning imkoni yo'q chunki hujayralarning o'sishi va rivojlanishi ham uyquda, ham uyg'oqlikda sodir bo'ladi. Ko'pincha, biz o'zimiz, ayniqsa o'smirlik davrida bo'yimiz qanchalik tez o'sayotganini anglab yetmaymiz. Bu davrda organizmni zarur vitaminlar bilan ta'minlash va mushaklarning baquvvat bo'lishi uchun faol harakat qilish muhim sanaladi. Ba'zan tananing ichki qismida buzilishlar sodir bo'lganda inson kasallikka duchor bo'lishi mumkin. Organizmning kasallikni yengishiga yordam berish uchun o'z salomatligingizga g'amxo'rlik qilishingiz kerak. Sog'liq, bardoshlilik va a'lo kayfiyat organizmdagi kasalliklarni osonlik bilan yengishga yordam beradi. Kun tartibi, to'g'ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, bu o'zimizni baquvvat va chiroyli qilishning uzoq vaqtdan beri tasdiqlangan usullari hisoblanadi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- O'zbekiston
- Nashr yili
- 2022
- Asl tili
- O'zbek tili
96 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 5 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Dinozavrlar (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Aviatsiya (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Jajji akademik (9 son)

Самые милые животные. Большая энциклопедия для маленьких
2025

The Wind in the Willows (used)
Kenneth Grahame's

Читаем, пишем, играем. Рабочая тетрадь для дошкольника
В. А. Белых · 2017

Развиваем воображение и внимание
Елена Ульева · 2018

Викторина. 4 класс
Татьяна Бойченко · 2019
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash