
Tanklar haqida Ensiklopediya (Mening birinchi ensiklopediyam)
Harbiy ishga aloqador mutaxassislar askarlarni dushman qurolidan himoya qilishga qodir bo'lgan maxsus mashinani yaratish haqida azaldan bosh qotirib kelishmoqda. U nafaqat himoya, balki hujum qilish vazifalarini bajarishi va bu orqali armiyaning zarbdor qudratini shakllantirishi lozim edi. Afsuski, qadimgi davr texnologiyalari bunday konstruksiyani yaratishga imkon bermagan, shu sababli jasur jangchilar boshqa himoya vositalari bilan kifoyalanishga majbur bo'lganlar. Misol uchun, O'rta asrlarda (tarixda V asrning so'nggi choragi- XVI asrning boshlaridagi davr) kuchli himoyalangan qo'shin turi yaxshi tayyorgarlikka ega, po'latdan qilingan yarog'-aslahali ritsarlar bo'lishgan. Ularning otlari ham chidamli bo'lib, ularga maxsus sovut kiydirilgan. Bunday sovutlari o'sha vaqtlarda mavjud bo'lgan qurollar bilan urib sindirishning deyarli iloji bo'lmagan va shu sababli ritsarlik armiyalari uzoq vaqt davomida janglarda yengilmay kelgan. Biroq artilleriya va qo'l o'qotar qurollarining rivojlanishi bilan ritsarlik aslahalari inqirozga uchraydi va yana uzoq vaqt davomida qurol yaratuvchilar yangi, samaraliroq himoya usullarini izlashadi. Oxir-oqibat, XX asrning boshlarida jang maydonida tanklar paydo bo'lib, ularning jadal rivojlanishi va takomillashishi harbiy harakatlarning strategiyasi, taktikasi va jang olib borish uslubiga keskin o'zgartirish kiritadi. Tarixiy nuqtayi nazardan o'zining qisqa rivojlanish davri mobaynida tanklar sekin harakatlanuvchi, dag'al va ishonchsiz mashinalardan qudratli, universal harbiy qurolgacha bo'lgan qiziqarli va murakkab yo'lni bosib o'tdi. Zamonaviy tank - bu yagona konstruksiyaga birlashgan, o't ochishga mo'ljallangan va zarbdor kuch, ishonchli zirhli himoya, tezlik va chaqqonlikdir, biroq har doim ham bunday bo'lmagan. Qo'lingizdagi kitob sahifalarida sizni yuz yillik dovonni oshib o'tgan jahon tanksozlik sanoati rivojlanishi tarixidan tortib turli davrga mansub zirhli tank texnikasi va har xil davlatlarning eng mashhur tanklarining tavsiflarigacha bo'lgan ko'plab qiziqarli ma'lumotlar kutmoqda. O'zbekiston tank vatani hisoblanmasada, Ikkinchi jahon urushi paytida bu turdagi qurolning rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan va bu butun dunyoda e'tirof etilgan. Hozirgi vaqtda ushbu og'ir texnikaning ahamiyati harbiy harakatlar teatrining zamonaviy sahnasida ellik-yuz yillar avvaldagidek hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmasa ham, tanklar haqli ravishda eng yaxshi va samarali jang qurollaridan biri hisoblanib kelmoqda. Demak, tasavvur qilingan harbiy mashinangizdagi joyingizni egallash, dvigatelni harakatga keltirish va jangovar qahramonlik izidan yo'lga otlanish vaqti keldi! Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- O'zbekiston
- Nashr yili
- 2021
- Asl tili
- O'zbek tili
96 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 5 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Dunyo daholari: Motsart - Musiqa dahosi
2024

Yuqori Texnologiyalar. G'aroyibotdan Amaliyotga (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Koinot (Mening birinchi ensiklopediyam)
2022

Dinozavrlar (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Jajji akademik (9 son)

Самые милые животные. Большая энциклопедия для маленьких
2025

The Wind in the Willows (used)
Kenneth Grahame's

Читаем, пишем, играем. Рабочая тетрадь для дошкольника
В. А. Белых · 2017