Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari
Художественный перевод

Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari

Ajoyib va qiziqarli yozilgan “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” asari asrlar davomida mutaxassislarni hayratda qoldirgan savolg a ishonchli va izchil asoslangan yangi nazariya bilan javob beradi: Nega ba'zi mamlakatlar boy va boshqalar kambag'al, boylik va qashshoqlik, sog'liq va kasallik, oziq-ovqat va ocharchilik bo'yicha bo'lingan? Bu madaniyat, iqlim yoki geografiyami? Ehtimol, to'g'ri siyosat nima ekanligini bilmaslikdir? Shunchaki, yo'q. Bu omillarning hech biri aniq yoki taqdir emas. Aks holda, Afrikaning boshqa davlatlari, masalan, Zimbabve, Kongo, Syerra-Leone qashshoqlik va zo'ravonlik botqog'iga botgan bir paytda Botsvana dunyoning eng tez rivojlanayotgan davlatlaridan biriga aylanganini qanday izohlash mumkin? Savolga javob sifatida Daron Ajemo'g'li va Jeyms A. Robinson iqtisodiy muvaffaqiyat (yoki uning yetishmasligi) asosida inson tomonidan yaratilgan siyosiy va iqtisodiy institutlar ekanligini aniq ko'rsatadi. Ularning ajoyib misollaridan birini oladigan bo'lsak, Koreya juda bir xil millat, ammo Shimoliy Koreya xalqi yer yuzidagi eng kambag'allar qatorida, Janubiy Koreyadagi aka-uka va opa-singillari esa eng boylar qatorida. Janub rag'batlarni yaratadigan, innovatsiyalarni mukofotlaydigan va har bir kishiga iqtisodiy imkoniyatlarda ishtirok etishga imkon beradigan jamiyatni yaratdi. Shu tariqa turtki bo'lgan iqtisodiy muvaffaqiyatlar barqaror bo'ldi, chunki hukumat fuqarolar va xalq oldida mas'uliyatli va sezgir bo'ldi. Afsuski, shimol xalqlari o'nlab yillar davomida ocharchilik, siyosiy qatag'on va boshqacha iqtisodiy institutlarni boshdan kechirdi — oxiri ko'rinmaydi. Koreyalar o'rtasidagi tafovutlar esa mutlaqo boshqa institutsional trayektoriyalarni yaratgan siyosat bilan bog'liq. Kitob mualliflari o'zlarining o'n besh yillik tadqiqotlariga asoslanib, yangi nazariyani yaratish uchun Rim imperiyasi, Mayya shahar-davlatlari, o'rta asrlar Venetsiyasi, Sovet Ittifoqi, Lotin Amerikasi, Angliya, Yevropa, AQSh va Afrikadagi g'ayrioddiy tarixiy dalillarni birlashtiradi, jumladan: - Xitoy avtoritar o'sish mashinasini qurdi. U shunday yuqori tezlikda o'sishda davom etadimi va G'arbni bosib oladimi? - Amerikaning eng yaxshi kunlari ortda qoldimi? Biz elitaning hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlariga qarshilik ko'rsatadigan fazilatli doiradan kichik ozchilikni boyitib, kuch-quvvat beruvchi yovuz doiraga o'tyapmizmi? - Milliardlab odamlarni qashshoqlikdan farovonlikka olib chiqishga yordam berishning eng samarali usuli qanday? G'arbning boy davlatlaridan ko'proq xayriyami? Yoki Ajemo'g'li va Robinsonning inklyuziv siyosiy va iqtisodiy institutlar o'rtasidagi o'zaro ta'siri bo'yicha yutuq g'oyalarining qiyin saboqlarini o'rganishmi? “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari” kitobi sizning dunyoqarashingiz va fikrlashingizni o'zgartiradi. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Siyosatchilar va iqtisodiy rivojlanish bilan bog'liq har bir kishi o'qishi kerak.“ — Jared Diamond, Nyu-York kitoblar sharhi “Bu intellektual jihatdan boy kitob bo'lib, muhim tezisni ishtiyoq bilan rivojlantiradi. Uni barcha o'qishi kerak”. — Financial Times “Ajoyib kitob.“ — Bloomberg (Jonatan Alter) “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” — bu tarix va bugungi kunda ham keng tarqalgan nega ba'zi mamlakatlar boyib ketyapti, boshqalari esa boy bo'lmaydi degan juda katta savolga javob beruvchi o'ta ajoyib asardir.“ — The New York Times (Chrystia Freeland) “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” haqiqatan ham ajoyib kitob. Ajemo'g'li va Robinson ijtimoiy fanlardagi eng muhim muammolardan birini — asrlar davomida yetakchi olimlarni o'ylantirib kelayotgan savol sodda va tushunarli tarzda ajoyib javob berdilar. Qiziqib o'qilishi mumkin bo'lgan kitob. Tarix, siyosatshunoslik va iqtisodni o'z ichiga olgan ushbu kitob iqtisodiy rivojlanish haqidagi fikrimizni o'zgartiradi”. — Stiven Levitt, Freakonomics hammuallifi “Bir muncha vaqt oldin taniqli Shotlandiya faylasufi xalqlarni nima muvaffaqiyatga erishtirayotgani va nima muvaffaqiyatsizlikka uchratganligi haqida kitob yozgan edi. “Xalqlar boyligi” bugungi kunda ham o'qilmoqda. Xuddi shunday zukkolik va bir xil keng tarixiy nuqtai nazar bilan Daron Ajemo'g'li va Jeyms A. Robinson xuddi shu savolni bizning davrimiz uchun qayta ko'rib chiqdi. Ikki asr o'tgach, bizning buyuk nevaralarimiz ham xuddi shunday kitobni o'qiydilar. — Jorj Akerlof, iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati, 2001 yil “Ajemo'g'li va Robinson quyi milliardning rivojlanishiga oid asosiy savolni qo'yadilar. Ularning javoblari chuqur, tushunarli va ishonarli”. — Pol Kollier, Oksford universitetining iqtisod professori, The Bottom Billion kitobi muallifi Kun.uz nashri: “Demokratiyaga osonlikcha o'tilmaydi” - Jyeyms Robinson bilan suhbat Kun.uz nashri: Qashshoq davlatlarning qashshoqligi sababi. Jyeyms Robinsonning Toshkentdagi ma'ruzasi Gazeta.uz nashri: «Mamlakatlar tanazzuli sabablari»dan: Shu qadar yaqin, shu qadar farqli Daryo.uz nashri: Foto: “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi hammuallifi, britaniyalik iqtisodchi Jeyms Robinson bilan Toshkentdagi uchrashuv Daryo.uz nashri: Yana bir kitob tarjimasi kutilmoqda: Toshkentda “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo'lib o'tdi (video) Tarjimon: Sirotulloxon Muhammadsoliev Mas'ul muharrir: Behzod Hoshimov Dizayner: M.Xoshimov Asaxiy Books yil bestsellerlari 2024: 8-o'rin Asaxiy Books yil bestsellerlari 2023: 8-o'rin Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2021

676 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 34 дня.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше