Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi
Художественный перевод

Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi

• Korrupsiyaga qarshi qanday kurashish mumkin? • Butun mamlakatni elektr va gaz bilan uzluksiz ta'minlashning iloji bormi o'zi? Odatda, korrupsiyani batamom yo'qotish mushkulligini ko'p ta'kidlaydilar. Ammo Mixaíl Saakashvili buning uddasidan chiqdi va Gruziyada juda qisqa muddatda korrupsiyani yetarli darajada keskin kamaytirdi, byurokratiya va ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berdi, mamlakat iqtisodining sezilarli darajada o'sishiga zamin yaratdi. Iqtisodchi Larisa Burakovaning ushbu kitobida mana shu islohotlarga batafsil izoh berilgan. Nashr muallifning ikki yillik kuzatuvlari mahsuli bo'lib, ilk bor rus tilida 2011-yilda chop etilgan. 1992 yilda yetmish yillik Sovet hokimiyatidan so'ng kichik Janubiy Kavkaz davlati Gruziya iqtisodiy erkinlik sari sekin va tartibsiz yurish boshladi. Eng muhim bozor-liberal islohotlar 2003 yilda, atirgul inqilobidan keyin boshlangan. Islohotlar vaziri Kaxa Bendukidze boshchiligida Gruziya byurokratiyani keskin qisqartirdi, hukumatga qarashli kasalxonalar va mehmonxonalardan tortib elektr stansiyalarigacha xususiylashtirildi, soliqlar sonini ham, soliq stavkalarini ham pasaytirdi, mehnat qonunlarini liberallashtirdi. Bu islohotlarning ahamiyati tez orada sezildi. Jahon bankining “Biznes yuritish” hisobotida mamlakat biznes yuritish qulayligi bo'yicha dunyoda to'qqizinchi o'rinni egalladi va bu ko'plab boy davlatlardan oldinda. Hisobotda qayd etilishicha, so'nggi ellik yil ichida hech bir mamlakatda bunchalik tez va ko'p sohalarda bunday muhim iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmagan. Amerika Qo'shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi ushbu fikrni qo'llab-quvvatlagan holda, Gruziya so'nggi yarim asrda “har qanday mamlakatdagi eng keng, eng chuqur va eng tezkor biznes muhiti islohotlarini” amalga oshirganini ta'kidladi. Bugungi kunda Gruziya mamlakat qanday qilib o'zini o'zgartirishi va bozor iqtisodiyotiga ega bo'lishining yetakchi namunasidir. Bu kitob esa butun dunyo bo'ylab islohotchilar uchun saboq berish maqsadida voqea qanday sodir bo'lganligi haqida hikoya qiladi. Muallif haqida: Larisa Burakova – iqtisodchi, Rossiyadagi Iqtisodiy tahlil instituti xodimi. London iqtisod maktabi, Rossiyadagi Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisodiyot maktabi” hamda Pekin universitetlari bitiruvchisi. Ingliz tilidagi “The Economist” jurnali bilan hamkorlik qilgan. U bir necha bor Gruziyada bo'lib, islohotchilar va ularning muxoliflari qarashlarini ikki yildan oshiqroq vaqt davomida yaqindan o'rgangan. Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2021

328 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 17 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше