
«Tib qonunlari» 1, 2, 3, 4, 5-kitoblar
«Tib qonunlari» 1, 2, 3, 4, 5-kitoblar Uchinchi nashr “Qonun”ning ikkinchi nashri asosida tayyorlandi. Izoh va ko'rsatkichlar qayta ko'rib chiqildi. Ushbu uchinchi nashrning kitobiga muqaddima sifatida U.I. Karimovning II nashr muqaddimasi uchun yozgan «Ibn Sinoning hayoti va ijodi», V.K. Jumayevning «Ibn Sinoning umumiy klinik qarashlari va ularning nazariy asoslari» nomli taqdiqotlari hamda K.U Karimovaning uchinchi nashr uchun tayyorlangan «Ibn Sino va zamonaviy tabobat» nomli maqolalari berildi. Kitobdan foydalanishda quyidagilarni nazarda tutish lozim: sahifalar chetidagi raqamlar “Qonun” Birinchi kitobining Sank-Peterburgda saqlanayotgan qo'lyozmasi (“L”)ning varag'ini, matn ichida buchaklari qavsga olib berilgan raqamlar esa “Qonun”ning Buloq bosmasi (“B”)dagi betlarni ifodalaydi. Kursiv bilan terilgan arabcha, forscha va yunoncha so'zlarning ko'pi izohlarda tushuntiriladi. Dorilik moddalar haqida to'laroq izolarni “Qoun”ning Ikkinchi va Beshinchi kitoblaridan, kasallik nomlariga oid istilohlarning izohini esa Uchinchi va To'rtinchi kitoblaridan topish mumkin. Og'irlik o'lchovlarining miqdorini tushuntiruvchi jadval “Qonun”ning Ikkinchi kitobiga ilova qilinadi. Burchakli qavsga olingan so'zlar ba'zi bir jumla va iboralarni tushunish oson bo'lsin uchun tarjimon va muharrirlar tomonidan qo'shilgan - Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy 1878 yidi Toshkentda yetuk tabib oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Zohidxon hakim ibn Muhammad Sodiqxon Sebzor daxasida yashagan bo'lib, hoziq tabiblikda nom chiqargan kishilardan biri edi. Zohidxon hakim tabobat- ni o'sha davrda Toshkentda nom qozongan Mulla Muhammad Rasul hakim ibn Mulla Xudoybergandan ta'lim olgan. Bu tabibning taxallusi Jomi Sharob (Sharob jomi) bo'lib, Zohidxon hakim tib ilmini shu kishi qo'lida xatm qilgan edi. Bundan tashqari Zohidxon hakim Siddiqho'ja hakimdan ham tabobat sirlarini o'rgangan. Bositxon tabib go'daklikda o'z otasi Zohidxon hakimning davolash ishlarini kuzatib borgan. Bositxon o'zi yozgan kitoblaridan birining muqaddimasida: "Otam meni yetti yoshlik vaqtimdan boshlab tibga oid kitoblarni o'qitish bilan tarbiya qilgan edilar" deb yozgan edi. Zohidxon hakim 1908 yili 67 yoshida vafot etgan. Bositxon tabib, demak o'z otasiga shogird bo'lib, tabobatni o'rgangan va bu sohada kamolot hosil qilgan. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- "Sharq" NMAK
- Publication year
- 2020
- Original language
- O'zbek tili
4224 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 212 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Dardingni sev
Valeriy Sinelnikov · 2024

Psixoanaliz haqida beshta ma'ruza
Zigmund Freyd · 2019
Tib qonunlari 3-kitob
Abu Ali Ibn Sino · 2015
Tib qonunlari 2-kitob
Abu Ali Ibn Sino · 2015
Tib qonunlari 1-kitob
Abu Ali Ibn Sino · 2013

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016

Bedor tun tomchilari
Sharifa Salimova · 2018
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more