Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
«Tib qonunlari» 1, 2, 3, 4, 5-kitoblar

«Tib qonunlari» 1, 2, 3, 4, 5-kitoblar

«Tib qonunlari» 1, 2, 3, 4, 5-kitoblar Uchinchi nashr “Qonun”ning ikkinchi nashri asosida tayyorlandi. Izoh va ko'rsatkichlar qayta ko'rib chiqildi. Ushbu uchinchi nashrning kitobiga muqaddima sifatida U.I. Karimovning II nashr muqaddimasi uchun yozgan «Ibn Sinoning hayoti va ijodi», V.K. Jumayevning «Ibn Sinoning umumiy klinik qarashlari va ularning nazariy asoslari» nomli taqdiqotlari hamda K.U Karimovaning uchinchi nashr uchun tayyorlangan «Ibn Sino va zamonaviy tabobat» nomli maqolalari berildi. Kitobdan foydalanishda quyidagilarni nazarda tutish lozim: sahifalar chetidagi raqamlar “Qonun” Birinchi kitobining Sank-Peterburgda saqlanayotgan qo'lyozmasi (“L”)ning varag'ini, matn ichida buchaklari qavsga olib berilgan raqamlar esa “Qonun”ning Buloq bosmasi (“B”)dagi betlarni ifodalaydi. Kursiv bilan terilgan arabcha, forscha va yunoncha so'zlarning ko'pi izohlarda tushuntiriladi. Dorilik moddalar haqida to'laroq izolarni “Qoun”ning Ikkinchi va Beshinchi kitoblaridan, kasallik nomlariga oid istilohlarning izohini esa Uchinchi va To'rtinchi kitoblaridan topish mumkin. Og'irlik o'lchovlarining miqdorini tushuntiruvchi jadval “Qonun”ning Ikkinchi kitobiga ilova qilinadi. Burchakli qavsga olingan so'zlar ba'zi bir jumla va iboralarni tushunish oson bo'lsin uchun tarjimon va muharrirlar tomonidan qo'shilgan - Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy 1878 yidi Toshkentda yetuk tabib oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Zohidxon hakim ibn Muhammad Sodiqxon Sebzor daxasida yashagan bo'lib, hoziq tabiblikda nom chiqargan kishilardan biri edi. Zohidxon hakim tabobat- ni o'sha davrda Toshkentda nom qozongan Mulla Muhammad Rasul hakim ibn Mulla Xudoybergandan ta'lim olgan. Bu tabibning taxallusi Jomi Sharob (Sharob jomi) bo'lib, Zohidxon hakim tib ilmini shu kishi qo'lida xatm qilgan edi. Bundan tashqari Zohidxon hakim Siddiqho'ja hakimdan ham tabobat sirlarini o'rgangan. Bositxon tabib go'daklikda o'z otasi Zohidxon hakimning davolash ishlarini kuzatib borgan. Bositxon o'zi yozgan kitoblaridan birining muqaddimasida: "Otam meni yetti yoshlik vaqtimdan boshlab tibga oid kitoblarni o'qitish bilan tarbiya qilgan edilar" deb yozgan edi. Zohidxon hakim 1908 yili 67 yoshida vafot etgan. Bositxon tabib, demak o'z otasiga shogird bo'lib, tabobatni o'rgangan va bu sohada kamolot hosil qilgan.

О книге

Издательство
"Sharq" NMAK
Год издания
2020
Язык оригинала
O'zbek tili

4224 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 212 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ