Kitoblarimcatalogue
Anomaliya
Literary translation

Anomaliya

New York Times Bestselleri va "Yilning eng yaxshi triller kitobi" Tasavvur qiling, hech kimga umringiz oxirigacha ayta olmaydigan sirlaringni endi biladigan boshqa odam bor, yakkayu-yagona sizniki, yolg'iz sizniki bo'lgan narsalar endi faqat sizniki emas, Sizga ikkinchi marta imkon berilsa ham o'z hayotingizni saqlab qolishga vaqt yetmasa, yoki aksincha, o'zingizni o'z qo'llaringiz bilan o'ldirib, yana yashashda davom etishni qanday his qilardingiz? "Anomaliya" - fransuz yozuvchisi Erve Le Tellye tomonidan postmodern uslubda yozilgan, detektiv va psixologik drama elementlarini birlashtirgan fantastik roman. Kitob qisqa muddatda Fransiyada bestsellerga aylandi va nufuzli Gonkur mukofotini qo'lga kiritib, jahon e'tirofiga erishdi. O'shandan beri roman 40 dan ortiq tillarga tarjima qilingan, o'ziga xosligi va kuchli syujeti bilan kitobxonlar va tanqidchilar tomonidan olqishlarga sazovor bo'lgan. Ushbu xalqaro bestseller murakkab syujeti, jonli hikoyalari va chuqur insoniy xarakterlari bilan kitobxonni hayratlantiradi. Shu bilan birga, o'ziga xoslik, tanlov va voqelikning tabiatini chuqur o'ylashga chorlaydi. Romanda anomaliya sababli qahramonlarning qadriyatlari va o'ziga ishonchi sinovdan o'tadi. Har bir qahramon hayotidagi anomaliyalarni qabul qilish, ulardan saboq olish va o'z yo'lini topishga intiladi. "Anomaliya" romani hayot murakkabligi, inson ruhiyatining xilma-xilligi va kutilmagan hodisalarga qanday munosabatda bo'lish haqida o'ylashga undaydi. Asarda zamonamiz insonlarining hayotidagi noaniqliklar va o'z-o'zini anglash jarayoniga urg'u berilgan. Unda murakkab ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar, insonning ichki kurashlari hamda jamiyatdagi anomaliyalar yorqin tasvirlangan. Shuningdek, iqtisodiy beqarorlik va muhojirlik muammolari yoritilgan. Ular qahramonlarning qaror va ichki kurashlarida aks etadi. Le Tellyening o'ziga xos zehni va adabiy mahorati orqali "Anomaliya" tasavvurlaringizni shubha ostiga qo'yadi va sizni dunyo va undagi o'z o'rningiz haqida o'ylashga majbur qiladi. Bu shunchaki kitob emas - oxirgi sahifani yopganingizdan keyin ham uzoq vaqt davomida xotirangizda saqlanib qoladigan qimmatli tajribadir. Muallif haqida Erve Le Tellye - taniqli fransuz yozuvchisi va tilshunosi, Oulipo xalqaro adabiy guruhi a'zosi va to'rtinchi prezidenti hisoblanadi. O'zining intellektual qiziquvchanligi va yaratuvchanlik xarakteri bilan tanilgan Le Tellye fantastika, she'riyat va esselarni qamrab olgan ko'plab asarlar yozgan. Uning asarlari o'zining qiziqarliligi, murakkabligi va chuqur g'oyani qamrab olishi bilan ajralib turadi. Kafolat beramiz, o'zbek tilida hali bunaqasini o'qimagansiz.

Book details

Publisher
Asaxiy
Publication year
2025

384 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 20 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Editions (2)

Asaxiy · 2025

Translated by: Bobur Yo'ldoshev

ISBN:
9789910881558
Language:
O'zbek tili
Script:
Lotin
Pages:
384
Binding:
Yumshoq
Format:
A5

AST · 2021

ISBN:
9785171357092
Language:
Rus tili
Script:
Kirill
Pages:
352
Binding:
Qattiq
Format:
A5

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more