
Asaxiy · 2025
Перевод: Bobur Yo'ldoshev
- ISBN:
- 9789910881558
- Язык:
- O'zbek tili
- Письменность:
- Lotin
- Страниц:
- 384
- Переплёт:
- Yumshoq
- Формат:
- A5

Asaxiydan yana bir hayajonli premyera – uzoq kutilgan "Anomaliya" kitobi va nihoyat sotuvda! New York Times Bestselleri va "Yilning eng yaxshi triller kitobi" Tasavvur qiling, hech kimga umringiz oxirigacha ayta olmaydigan sirlaringni endi biladigan boshqa odam bor, yakkayu-yagona sizniki, yolg'iz sizniki bo'lgan narsalar endi faqat sizniki emas, Sizga ikkinchi marta imkon berilsa ham o'z hayotingizni saqlab qolishga vaqt yetmasa, yoki aksincha, o'zingizni o'z qo'llaringiz bilan o'ldirib, yana yashashda davom etishni qanday his qilardingiz? "Anomaliya" - fransuz yozuvchisi Erve Le Tellye tomonidan postmodern uslubda yozilgan, detektiv va psixologik drama elementlarini birlashtirgan fantastik roman. Kitob qisqa muddatda Fransiyada bestsellerga aylandi va nufuzli Gonkur mukofotini qo'lga kiritib, jahon e'tirofiga erishdi. O'shandan beri roman 40 dan ortiq tillarga tarjima qilingan, o'ziga xosligi va kuchli syujeti bilan kitobxonlar va tanqidchilar tomonidan olqishlarga sazovor bo'lgan. Ushbu xalqaro bestseller murakkab syujeti, jonli hikoyalari va chuqur insoniy xarakterlari bilan kitobxonni hayratlantiradi. Shu bilan birga, o'ziga xoslik, tanlov va voqelikning tabiatini chuqur o'ylashga chorlaydi. Romanda anomaliya sababli qahramonlarning qadriyatlari va o'ziga ishonchi sinovdan o'tadi. Har bir qahramon hayotidagi anomaliyalarni qabul qilish, ulardan saboq olish va o'z yo'lini topishga intiladi. "Anomaliya" romani hayot murakkabligi, inson ruhiyatining xilma-xilligi va kutilmagan hodisalarga qanday munosabatda bo'lish haqida o'ylashga undaydi. Asarda zamonamiz insonlarining hayotidagi noaniqliklar va o'z-o'zini anglash jarayoniga urg'u berilgan. Unda murakkab ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar, insonning ichki kurashlari hamda jamiyatdagi anomaliyalar yorqin tasvirlangan. Shuningdek, iqtisodiy beqarorlik va muhojirlik muammolari yoritilgan. Ular qahramonlarning qaror va ichki kurashlarida aks etadi. Le Tellyening o'ziga xos zehni va adabiy mahorati orqali "Anomaliya" tasavvurlaringizni shubha ostiga qo'yadi va sizni dunyo va undagi o'z o'rningiz haqida o'ylashga majbur qiladi. Bu shunchaki kitob emas - oxirgi sahifani yopganingizdan keyin ham uzoq vaqt davomida xotirangizda saqlanib qoladigan qimmatli tajribadir. Muallif haqida Erve Le Tellye - taniqli fransuz yozuvchisi va tilshunosi, Oulipo xalqaro adabiy guruhi a'zosi va to'rtinchi prezidenti hisoblanadi. O'zining intellektual qiziquvchanligi va yaratuvchanlik xarakteri bilan tanilgan Le Tellye fantastika, she'riyat va esselarni qamrab olgan ko'plab asarlar yozgan. Uning asarlari o'zining qiziqarliligi, murakkabligi va chuqur g'oyani qamrab olishi bilan ajralib turadi. Kafolat beramiz, o'zbek tilida hali bunaqasini o'qimagansiz. Ko'proq ko'rish
384 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 20 дней.
Дочитайте эту книгу в TelegramKitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:
Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позжеНа эту книгу пока нет рецензий.
Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Asaxiy · 2025
Перевод: Bobur Yo'ldoshev

AST · 2021

Jeyms Klir · 2023

Uilyam Shekspir · 2023

Jon G. Miller · 2021

Костантин Бенец, Ирина Баранова · 2018

Malkolm Gladuell · 2019

Мартин Маделин · 2024

Brayan Treysi · 2020

Abdurazzoq Gurna · 2024