
So'qmoqdagi odamlar
Taniqli qadimshunos hamda adib Mengziyo Safarovning "So'qmoqdagi odamlar" kitobi Seton Tompsonning "Yovvoyi yo'rg'a", Chingiz Aytmatovning "Alvido, Gulsari", Tog'ay Murodning "Ot kishnagan oqshom" qissalari singari nabotot va hayvonot olamining inja qirralarini aks ettiradi. "Ayrishox", "Ona kaklik", "Lahza", "Bedanalar" kabi qissa hamda hikoyalarida yovvoyi jonivorlaru qushlar hayotini zavq-shavq ila tasvirlagan adib o'z qahramonlari bilan izma-iz yurib, ular harakatidagi eng daqiq nuqtalarni obdan kuzatgan. Surxon vohasining boy tarixi, go'zal tabiati, yuz yil oldingi va keyingi iqlimiy tahliliga oid "Sarbasta Surxon" essesi esa ushbu asar muallifining shaxsiyati, ilmiy salohiyatiyu professional yozuvchilik mahoratidan dalolatdir. Mutolaadan so'ng O'zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev bilan Mengziyo Safarov ijodiy laboratoriyasida qandaydir o'zaro yaqinlik, ruhdoshlik, bir-biridan ijodiy o'rganishga o'xshash uyg'unlik borligiga amin bo'lasiz. Darvoqe, bu ikki do'st, zabardast ikki adib nafaqat zamondosh, balki hamfikr va hammaslak ham bo'lishgan. Asarni o'qish davomida bunga o'zingiz ham ishonch hosil qilasiz. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Adabiyot
- Publication year
- 2024
- Original language
- O'zbek tili
320 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 16 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Tanlangan asarlar
Orziqul Ergash · 2024

Mangu ovoz
O'tkir Rahmat · 2024

Bolajon bobo hikoyatlari
Aziz Yoqubov · 2023

Shudringli parchalar
Halima Ahmedova · 2017

Saylanma
Shafoat Rahmatullo Termiziy · 2024

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016

Bedor tun tomchilari
Sharifa Salimova · 2018
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more