
So'qmoqdagi odamlar
Taniqli qadimshunos hamda adib Mengziyo Safarovning "So'qmoqdagi odamlar" kitobi Seton Tompsonning "Yovvoyi yo'rg'a", Chingiz Aytmatovning "Alvido, Gulsari", Tog'ay Murodning "Ot kishnagan oqshom" qissalari singari nabotot va hayvonot olamining inja qirralarini aks ettiradi. "Ayrishox", "Ona kaklik", "Lahza", "Bedanalar" kabi qissa hamda hikoyalarida yovvoyi jonivorlaru qushlar hayotini zavq-shavq ila tasvirlagan adib o'z qahramonlari bilan izma-iz yurib, ular harakatidagi eng daqiq nuqtalarni obdan kuzatgan. Surxon vohasining boy tarixi, go'zal tabiati, yuz yil oldingi va keyingi iqlimiy tahliliga oid "Sarbasta Surxon" essesi esa ushbu asar muallifining shaxsiyati, ilmiy salohiyatiyu professional yozuvchilik mahoratidan dalolatdir. Mutolaadan so'ng O'zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev bilan Mengziyo Safarov ijodiy laboratoriyasida qandaydir o'zaro yaqinlik, ruhdoshlik, bir-biridan ijodiy o'rganishga o'xshash uyg'unlik borligiga amin bo'lasiz. Darvoqe, bu ikki do'st, zabardast ikki adib nafaqat zamondosh, balki hamfikr va hammaslak ham bo'lishgan. Asarni o'qish davomida bunga o'zingiz ham ishonch hosil qilasiz.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Adabiyot
- Nashr yili
- 2024
- Asl tili
- O'zbek tili
320 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 16 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Tanlangan asarlar
Orziqul Ergash · 2024

Mangu ovoz
O'tkir Rahmat · 2024

Bolajon bobo hikoyatlari
Aziz Yoqubov · 2023

Shudringli parchalar
Halima Ahmedova · 2017

Saylanma
Shafoat Rahmatullo Termiziy · 2024

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016

Bedor tun tomchilari
Sharifa Salimova · 2018
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash