
Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
Xalq tili bilan aytiladigan ashulalar hamma davrlarda barcha toifalarning hamisha sevib tinglaydigan qo'shiqlari bo'lganligini e'tiborda tutib, "mashhur qo'shiqlar kutubxonasi" ruknini milliy qo'shiqchiligimizning oltin fondidan joy olgan eng mashhur ashulalardan dastalangan kitob bilan boshlashni ma'qul topdik. Chunki xalq og'zaki ijodi yozma adabiyotning sarchashmasi hisoblanadi. Xalq ijodkorligining bebaho durdonlari bo'lgan mazkur qo'shiqlarning shakli ixcham, mazmuni chuqur va serqirra, timsolu tashbehlari go'zal va betakror, so'z va iboralari nozik, ta'sirchan,tili sodda va tushunarli, uslubi ravon va jarangdor bo'lganligi uchun ham qadimdan keng tarqalgan va ommabop bo'lgan. Shuning uchun ham san'atkorlar xalq qo'shiqlariga doimiy ravishda murojaat qilib kelishgan. Xalq baxshilari va folklor ijrochilari og'zidan yozib olingan she'ru qo'shiqlar emas, balki aynan kuyga solinib, hofizlar va xonandalar tomonidan ijro etib kelinayogan ashulalardan tartib berilganligi jihatidan mazkur majmua madaniyat va san'at ahli uchun o'ziga xos qo'llanma bo'lishi bilan birga qo'shiqsevar xalqimizga ham munosib tuhfa bo'ladi. Tuzuvchi va to'plovchi: Ergash Ochilov Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- O'zbekiston
- Nashr yili
- 2016
- Asl tili
- O'zbek tili
320 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 16 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Kuntug'mish (Xalq og'zaki ijodi)
2021

Jahon xalqlari maqollari
2018

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Bedor tun tomchilari
Sharifa Salimova · 2018

Yoqilgan maktub
Omonxon Mamadaliyev · 2021

Nomi chiqmagan xotin
Hakim Nazir · 2021

Воспоминание, похожее на белый цветок
Muhammad Ismoil · 2022

Lavh (Saylanma IV)
Hakim Abdulla · 2022
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash