Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Kuntug'mish (Xalq og'zaki ijodi)

Kuntug'mish (Xalq og'zaki ijodi)

Ushbu kitob, ya'ni “Kuntug'mish ” dostoni o'zbek va turkman xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. “Kuntug'mish” dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Ergash Jumanbulbul o'g'li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Muhammad Isa Ernazar o'g'li tomonidan yozib olingan, nashrga esa mashhur shoiri Hodi Zarif (1905-1972) tayyorlagan. “Kuntug'mish” dostonida o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus, islom dinining va sof muhabbatning ulug'lanishi, haqiqatning doimo g'alaba qozonishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni o'qish davomida Xolbeka va Kuntug'mishning g'oyibona bir-biriga oshiq bo'lishi, ularning zolimlardan qochib ko'rgan qiyinchiliklari, egizak farzand ko'rishlari, bir-birlaridan vaqtincha judo bo'lishlari, farzandlari - Gurkiboy va Mohiboyning sarguzashtlari, Azbarxo'ja ismli karvonboshining razilligi, Kuntug'mishning shoh bo'lishi va qaytadan Xolbeka hamda farzandlari bilan topishishiga guvoh bo'lasiz.

Kitob haqida

Nashr yili
2021
Tili
O'zbek tili

160 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 8 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash