Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Malika Ayyor (Xalq og'zaki ijodi)

Malika Ayyor (Xalq og'zaki ijodi)

Ushbu kitob, ya'ni "Malika Ayyor " dostoni o'zbek va turkman xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib , xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. "Malika Ayyor" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Fozil Yo'ldosh o'g'li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Muhammadisa Ernazar o'g'li tomonidan yozib olingan. O'zbek xalqining buyuk adiblaridan biri- Hodi Zarifov (1905-1972) esa yuirinchi bor nashrga tayyorlagan. To'liq holatda yozma holatga keltirishi esa Zubayda Husainova tomonidan amalga oshirilgan. "Malika Ayyor" dostonida o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus va yurt birligi yo'lida o'zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni o'qish davomida Go'ro'g'lining ovga chiqqanda Torkiston malikasi Malika Ayyorni uchratib oshiq bo'lishi, uni topish uchun o'g'li Avazxonni safarga yuborishi, Avazxonni o'ldirish uchun uning izidan Ahmad Sardorning buyrug'i bilan Asad va Shodmon merganlarning yo'lga chiqishi, Avazxonga devlar va parilarning yordam berishi, safarda Avazga Shoqalandar va Shozargar ismli shaxsning yordam berishi, ularning birgalikda Torkistonga borishi, Torkistonda malikaning sherni o'ldirib qo'yishi, Shozargarning Tillaqizni qo'lga kiritish uchun qilgan ishlari, Torkistondan Tillaqiz va Malika Ayyorni olib kelishlari, Safardan qaytishda devlar bilan bo'lgan janglar, Asad va Shodmonning safardan qaytayotgan Avazni o'ldirishga harakat qilishi kabi sarguzashtlarga boy voqealarga guvoh bo'lasiz. Kitob haqida ma'lumotlar: Chop etilgan nashriyoti: "Yangiyul Poligraf Servis" Chop etilgan yili : 2019 Muqovasi: Qattiq Betlari soni: 304

Kitob haqida

Nashr yili
2019
Asl tili
O'zbek tili

304 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 16 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash