Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Milliy qadriyatlar atlasi: Atlas of national values (O'zb-Rus-Eng)

Milliy qadriyatlar atlasi: Atlas of national values (O'zb-Rus-Eng)

Muayyan xalqning o'zligi, milliyligi, o'ziga xosligi, betakrorligi, tarixi va an'analari uning milliy qadriyatlarida aks etadi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan o'zbek, rus va ingliz tillaridagi “Milliy qadriyatlar atlasi” tayyorlanib, chop etildi. “Milliy qadriyatlar atlasi”da O'zbekiston hududida shakllangan milliy qadriyatlar, ma'naviy-ma'rifiy meros va ularning tarixiy ildizlari keng va tizimli tarzda yoritilgan. O'zbekiston insoniyat tamadduni rivojida muhim o'rin tutgan qadimiy makon sifatida talqin etilib, Sirdaryo va Amudaryo havzalarida vujudga kelgan o'troq hayot, dehqonchilik madaniyati va mo''tadil iqlim milliy tafakkur hamda qadriyatlar shakllanishiga kuchli ta'sir ko'rsatgan. Buyuk Ipak yo'li orqali turli madaniyatlar, ilmiy va ma'naviy yutuqlarning o'zaro almashuvi bag'rikenglik, ochiqlik va insonparvarlik fazilatlarini mustahkamlagani ta'kidlanadi. Kitobda zardushtiylik, buddaviylik va islom ta'limotlarining uyg'unlashuvi, diniy va dunyoviy qarashlarning o'zaro boyituvchi xususiyati natijasida Markaziy Osiyoda yuksak ilmiy-madaniy muhit shakllangani ko'rsatib beriladi. “Avesto” madaniyati, qadimgi turkiy bitiklar, xalq og'zaki ijodi namunalari, shuningdek, allomalar merosi milliy qadriyatlarning asosiy manbalari sifatida tahlil qilinadi. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va islom qadriyatlarining yuksalishi alohida e'tirof etiladi. Shuningdek, millat va milliy qadriyatlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, ularning etnik makon, til, tarixiy xotira va genofond bilan chambarchas aloqadorligi ochib beriladi. O'zbek xalqiga xos urf-odatlar, oila va jamiyatdagi axloqiy me'yorlar milliy qadriyatlarning amaliy ifodasi sifatida talqin qilinadi. Umuman olganda, ushbu kitob-albom milliy qadriyatlarning tarixiy uzviyligi, vorisiyligi va bugungi jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashriyot
Ma'naviyat
Nashr yili
2026
Asl tili
O'zbek tili

352 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 18 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun