Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Milliy qadriyatlar atlasi: Atlas of national values (O'zb-Rus-Eng)

Milliy qadriyatlar atlasi: Atlas of national values (O'zb-Rus-Eng)

Muayyan xalqning o'zligi, milliyligi, o'ziga xosligi, betakrorligi, tarixi va an'analari uning milliy qadriyatlarida aks etadi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan o'zbek, rus va ingliz tillaridagi “Milliy qadriyatlar atlasi” tayyorlanib, chop etildi. “Milliy qadriyatlar atlasi”da O'zbekiston hududida shakllangan milliy qadriyatlar, ma'naviy-ma'rifiy meros va ularning tarixiy ildizlari keng va tizimli tarzda yoritilgan. O'zbekiston insoniyat tamadduni rivojida muhim o'rin tutgan qadimiy makon sifatida talqin etilib, Sirdaryo va Amudaryo havzalarida vujudga kelgan o'troq hayot, dehqonchilik madaniyati va mo'tadil iqlim milliy tafakkur hamda qadriyatlar shakllanishiga kuchli ta'sir ko'rsatgan. Buyuk Ipak yo'li orqali turli madaniyatlar, ilmiy va ma'naviy yutuqlarning o'zaro almashuvi bag'rikenglik, ochiqlik va insonparvarlik fazilatlarini mustahkamlagani ta'kidlanadi. Kitobda zardushtiylik, buddaviylik va islom ta'limotlarining uyg'unlashuvi, diniy va dunyoviy qarashlarning o'zaro boyituvchi xususiyati natijasida Markaziy Osiyoda yuksak ilmiy-madaniy muhit shakllangani ko'rsatib beriladi. “Avesto” madaniyati, qadimgi turkiy bitiklar, xalq og'zaki ijodi namunalari, shuningdek, allomalar merosi milliy qadriyatlarning asosiy manbalari sifatida tahlil qilinadi. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va islom qadriyatlarining yuksalishi alohida e'tirof etiladi. Shuningdek, millat va milliy qadriyatlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, ularning etnik makon, til, tarixiy xotira va genofond bilan chambarchas aloqadorligi ochib beriladi. O'zbek xalqiga xos urf-odatlar, oila va jamiyatdagi axloqiy me'yorlar milliy qadriyatlarning amaliy ifodasi sifatida talqin qilinadi. Umuman olganda, ushbu kitob-albom milliy qadriyatlarning tarixiy uzviyligi, vorisiyligi va bugungi jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.

О книге

Издательство
Ma'naviyat
Год издания
2026
Язык оригинала
O'zbek tili

352 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 18 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ