Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Yoz, qisqartir: Kuchli matn yozish siri

Yoz, qisqartir: Kuchli matn yozish siri

Bugun deyarli hamma nimadir yozadi. Biroq behuda gaplar bilan o'quvchilarning hafsalasini pir qilayotgan yoki fikrini yetkaza olmay, kulgiga qolayotganlar ham yo'q emas. Sababi — matnni qanday yozish haqidagi o'zbekcha adabiyotlar kam, shuning uchun ham ko'pchilik fikrini yozuvda to'g'ri ifodalashga qiynaladi. Javob albatta yoziladigan va manziliga qaytarib yuborilmaydigan xatlarni qanday yozish kerak? Ta'sirli va odob doirasidan chetga chiqmaydigan reklama e'lonlarini-chi? Fikrni qanday qilib yolg'on, siyqasi chiqqan va ortiqcha safsatalarsiz lo'nda, aniq, ishonarli ifodalash mumkin? “Yoz, qisqartir” kitobida kuchli, risoladagidek matn yozish qoidalari qisqa va tushunarli bayon qilingan. Uni o'qib, so'zni isrof qilmagan holda aniq va ta'sirli yozishni o'rganasiz. “Yoz, qisqartir!” kitobi o'quvchilar, talabalar, blogerlar, kanallar adminlari, bo'lajak jurnalistlar, o'qituvchilar, matbuot xizmatlari xodimlariga, ya'ni ishi aynan yozish bilan bog'liq bo'lgan barchaga eng kerakli qo'llanma bo'la oladi. Kitobdagi tavsiyalarga rioya etgan holda siz tushunarli yozishni, o'quvchini qiziqtirish va ishonchini qozonishni o'rganasiz. Bu kitobni kopirayterlar, yozuvchilar, muharrirlar, dizaynerlar, dasturchilar, menejerlar, tadbirkorlar, rahbarlar, xodimlar va ishida matndan foydalanadigan hamma o'qishi shart! “Yoz, qisqartir” bilan maqsadingizni qisqa va lo'nda ifodalang! Ushbu kitob Xalq banki bilan hamkorlikda chop etildi.

Kitob haqida

Nashr yili
2024
Asl tili
O'zbek tili

447 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 23 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash