
Yoz, qisqartir: Kuchli matn yozish siri
Bugun deyarli hamma nimadir yozadi. Biroq behuda gaplar bilan o'quvchilarning hafsalasini pir qilayotgan yoki fikrini yetkaza olmay, kulgiga qolayotganlar ham yo'q emas. Sababi — matnni qanday yozish haqidagi o'zbekcha adabiyotlar kam, shuning uchun ham ko'pchilik fikrini yozuvda to'g'ri ifodalashga qiynaladi. Javob albatta yoziladigan va manziliga qaytarib yuborilmaydigan xatlarni qanday yozish kerak? Ta'sirli va odob doirasidan chetga chiqmaydigan reklama e'lonlarini-chi? Fikrni qanday qilib yolg'on, siyqasi chiqqan va ortiqcha safsatalarsiz lo'nda, aniq, ishonarli ifodalash mumkin? “Yoz, qisqartir” kitobida kuchli, risoladagidek matn yozish qoidalari qisqa va tushunarli bayon qilingan. Uni o'qib, so'zni isrof qilmagan holda aniq va ta'sirli yozishni o'rganasiz. “Yoz, qisqartir!” kitobi o'quvchilar, talabalar, blogerlar, kanallar adminlari, bo'lajak jurnalistlar, o'qituvchilar, matbuot xizmatlari xodimlariga, ya'ni ishi aynan yozish bilan bog'liq bo'lgan barchaga eng kerakli qo'llanma bo'la oladi. Kitobdagi tavsiyalarga rioya etgan holda siz tushunarli yozishni, o'quvchini qiziqtirish va ishonchini qozonishni o'rganasiz. Bu kitobni kopirayterlar, yozuvchilar, muharrirlar, dizaynerlar, dasturchilar, menejerlar, tadbirkorlar, rahbarlar, xodimlar va ishida matndan foydalanadigan hamma o'qishi shart! “Yoz, qisqartir” bilan maqsadingizni qisqa va lo'nda ifodalang! Ushbu kitob Xalq banki bilan hamkorlikda chop etildi. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publication year
- 2024
- Original language
- O'zbek tili
447 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 23 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Diqqat: Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
Kel Nyuport · 2020

Samaradorlikning 21 yo'li
Brayan Treysi · 2020

Savdo san'ati. Biznes va hayotda maqsadlaringizga erishish yo'li
Grant Kardon · 2024

Mahorat
Robert Grin · 2024

Yuqumlilik. Mahsulot va g'oyalar qanday ommalashadi
Yona Berger · 2021

Factfulness
Hans Rosling · 2022

Archangel (used)
Robert Harris · 1999

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999