
Yuqumlilik. Mahsulot va g'oyalar qanday ommalashadi
Nima mahsulot yoki g'oyani mashhur qiladi? Agar siz reklama degan bo'lsangiz, qayta o'ylab ko'ring. Odamlar reklamani tinglamaydi, tengdoshlarini tinglaydi. Lekin mahsulot va g'oyalarning tilga tushishi va ommalashuvi sababi nimada? Nega ba'zi ma'lumotlarni odamlar bir-biriga ulashadi? Nima uchun ayrim mish-mishlar epidemik xususiyatga ega? G'oyalar qanday omillar tufayli “virus” kabi keng tarqaladi? Nima uchun ba'zi mavzular haqida ko'proq suhbatlashamiz va unga oid ma'lumotlarni boshqalarga ulashamiz? Uorton biznes maktabi marketing professori Yona Berger so'nggi o'n yil davomida ushbu savollarga javob berdi. U nima uchun mahsulotlar og'izdan og'izga tushishini va ijtimoiy ta'sir biz sotib olgan mashinalardan tortib, kiygan kiyimimizgacha, farzandlarimizga qo'yadigan ismlargacha qanday shakllanishini o'rgandi. “Yuqumlilik” asarida Berger og'izdan-og'izga va ijtimoiy uzatish ortidagi sirli ilmni ochib beradi. Oltita asosiy tamoyil iste'mol mahsulotlari va siyosat tashabbuslaridan tortib, ish joyidagi mish-mishlar va YouTube videolarigacha bo'lgan har xil narsalarni yuqumli holga keltirishini bilib oling. Qanday qilib hashamatli steykxaus mashhur bo'lmagan pishloqli steyk orqali mashhurlikka erishganini, nega giyohvandlikka qarshi reklama roliklari aslida giyohvand moddalarni iste'mol qilishni ko'paytirganini va nima uchun 200 milliondan ortiq iste'molchilar eng zerikarli mahsulotlardan biri: blender haqidagi videoni yaqinlari bilan baham ko'rishini bilib oling. “Yuqumlilik” kitobi ma'lumotlarning tarqalishiga yordam berish uchun — odamlar baham ko'radigan xabarlar, reklamalar va kontentni loyihalash uchun maxsus, ishlatishga yaroqli usullarni taqdim etadi. Siz katta kompaniya menejeri bo'lasizmi, brend xabardorligini oshirishga harakat qilayotgan kichik biznes egasimisiz, lavozimga nomzod bo'lgan siyosatchimisiz yoki sog'liqni saqlash xodimi bo'lasizmi, “Yuqumlilik” sizga mahsulot yoki g'oyangizni qanday ommalashtirishni ko'rsatib beradi. Ushbu kitobda Yona Berger ijtimoiy tarqaluvchanlik zamiridagi omillarni sodda va tushunarli tarzda bayon qilgan. Siz mutolaa qilmoqchi bo'lgan qiziqarli hikoyalar va keng qamrovli tadqiqotlar xulosalariga boy “Yuqumlilik” kitobi mahsuloti yoki g'oyasi ommalashishini istagan har bir inson uchun muhim qo'llanmadir. Kitob o'z mahsulot, xizmat va g'oyalarini keng ommalashtirishni istaydigan har bir tadbirkor, marketolog, jurnalist, matbuot kotibi, PR menejer va blogerlar uchun tavsiya etiladi. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Nega ba'zi g'oyalar bir kechada tarqalib ketadi, boshqalari esa yo'qoladi? Qanday qilib ba'zi mahsulotlarni hamma joyda ko'rishimiz mumkin, boshqalari esa hech qachon o'ziga jalb etmaydi? Yona Berger javoblarni biladi va “Yuqumlilik” kitobi orqali biz ham bilamiz.“ — Charlz Duhigg, “The Power of Habit” bestselleri muallifi “Yona Berger — bu faktlarni o'rgangan, uni fantastikadan ajratib olgan va mutaxassislarning fikrlash tarzini o'zgartirishga erishgan va yangi tajribalar o'tkazgan noyob zotdir. Agar bu yil g'oyalar qanday ommalashishi haqida bir dona kitob o'qimoqchi bo'lsangiz, u shu kitobdir.“ — Deyv Balter, BzzAgent bosh direktori va “Og'izdan og'izga” marketing assotsiatsiyasi asoschilaridan biri “Yona Berger ma'lumotlarning “yuqumli” bo'lishiga nima sabab bo'lishi haqida dunyodagi hammadan ko'ra ko'proq biladi.“ — Daniel Gilbert, “Baxtga qoqilish” bestselleri muallifi Muallif haqida: YONA BERGER Pensilvaniya universiteti Uorton biznes maktabi marketing professori. Eng nufuzli ilmiy jurnallarda uning o'nlab maqolalari chop etilgan va yana qator ishlari “New York Times”, “The Wall Street Journal”, “The Washington Post”, “Science”, “Harvard Business Review”, “Wired”, “BusinessWeek” va “Fast Company” nashrlaridan o'rin olgan. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Asaxiy
- Nashr yili
- 2021
248 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 13 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Beparvolikning nozik san'ati
Mark Menson · 2020

Savdo san'ati. Biznes va hayotda maqsadlaringizga erishish yo'li
Grant Kardon · 2024

Mening hayotim
Henri Ford · 2021

Factfulness
Hans Rosling · 2022

Как люди убеждают. Влияние слова в переговорах, беседах и спорах
Yona Berger · 2024

Блог на миллион долларов
Наташа Кортни-Смит · 2021

А. З. Авлокулов, д. Х. Шадиева, Р. У. Бадалов: Основы венчурного инвестирования
2014

Стань самым умным и самым богатым (Часть 2)
Шамиль Аляутдинов · 2019