Kitoblarimkatalog
Javome'ul kalim

Javome'ul kalim

Hadis ilmi ilmlarning eng sharaflisi, eng afzali, tolibi ilm uchun eng muhimlaridandir. Zero, u shar'iy dalillarning ikkinchi manbasi, usul va ahkomlarning asosidir. Tolibi ilmlar, islomiy ilmlarga qiziquvchilar Allohning kalomi Qur'oni Karimdan keyin e'tibor qaratishlari lozim bo'lgan ilm Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridir, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bilib qo'yinglarki, menga Kitob bilan birga uning misli ham berildi», deb aytganlar (imom Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar). Binobarin, Qur'on bilan sunnat hujjat-dalil mezonida teng bo'lib, rushdu hidoyatning asosidir. Doktor Muhyiddin Muhammad Avvoma ushbu risolada sahih va Hasan hadislarni to'plagan bo'lib, ularning hajmi kichik, iboralari yengil, yodlash uchun osondir. Ibodat, muomala, axloq-odob, tarbiya va boshqa mavzularga oid ushbu hadislar Islomning madori bo'lgan hadislar jumlasidandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning go'zal fazilatlaridan, ijobiy sifatlaridan biri «javo-me'ul kalim» bo'lib, qisqa, lo'nda so'zlar bilan olam-olam ma'nolarni ifodalash qobiliyati edi. Ushbu to'plam ham ana shunday mo'jaz, ammo shomil ma'nolarni o'zida mujassam qilgan hadislardan iborat bo'lgani bois kitobni shunday nomladik.

Kitob haqida

Nashriyot
Hilol-nashr
Nashr yili
2021
Asl tili
O'zbek tili

192 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Nashrlar (2)

Hilol-nashr · 2021

ISBN:
9789943754713
Tili:
O'zbek tili
Yozuv:
Kirill
Sahifalar:
192
Muqova:
Qattiq
Format:
A6

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash