Kitoblarimkatalog
Mo'minning qalqoni

Mo'minning qalqoni

Ro'za masalalariga bag'ishlangan «Mo'minning qalqoni» nomli mufassal ro'za kitobi. Ushbu kitobda ro'zaning behisob fazilatlari, uning sunnatlari, ro'zaning turlari va vaqtining bayoni, bu ibodatning nozik sirlari, uning shartlari, fajri sodiqning alomati, ro'za tutishni boshlash va to'xtatishning hilol ko'rish orqali bo'lishi, hilolni ko'rishdagi guvohliklar kabi boshqa kitoblarda kam yoritilgan mavzularga kengroq e'tibor qaratildi. Ro'zadorning niyat qilishi, ro'zadorga mustahab bo'lgan amallar, ro'zani buzadigan va buzmaydigan amallar, iftorlik va saharlik qilish, iftorlik paytida o'qiladigan duolar, ro'zadorning Ramazon oyida turli noshar'iy ishlardan tiyilishi, tilini yolg'on, g'iybat, bo'hton, behayo so'z kabi til ofatlaridan asrashi, shuningdek, Ramazon oyi va ro'za ibodatiga oid ayollarga xos masalalar haqida ham ko'pgina ma'lumotlar berildi. Ramazon oyida bo'ladigan taroveh namozi, fidya, fitr sadaqasi, e'tikof o'tirish, iyd namozini ado etish kabi ibodatlar haqida. Shu bilan birga, siz ushbu kitob­dan o'zi shubhali ko'rinsa ham, ro'zaga xalal bermaydigan narsalar haqida, ro'za tutmasliklariga yoki qazo qilib tutishlariga ruxsat berilgan kishilar, ro'za tutish man qilingan kunlar, nafl ro'zalar haqida, ming oydan yaxshiroq bo'lgan Qadr kechasi va yana ko'pgina boshqa narsalar haqida qimmatli ma'lumotlarni topasiz. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashriyot
Hilol-nashr
Nashr yili
2021
Asl tili
O'zbek tili

176 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 9 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun