
Uddalasa bo'ladigan vazifa: Baxtli hayot texnologiyasi
Yer yuzida baxtli bo'lishni istamaydigan birorta odam bo'lmasa kerak. Xo'sh, baxt nima o'zi? Unga aniq bir ta'rif berish mumkinmi? Pul baxt keltiradimi? Muvaffaqiyat-chi? Bugun ilg'or fan va texnika yutuqlari maishiy ehtiyojlarimizni qondirib, hayotimizni osonlashtirganiga qaramay, tushkunlik, loqaydlik, sustkashlik, motivatsiya va e'tibor yetishmasligi, hayotimizdan ma'no yo'qolishi kabi psixologik muammolar oldida hamon ojizmiz. Marg'ulan Seysemboyning fikricha, buning sababi nima uchun yashayotganimiz va zimmamizda qanday vazifa borligini anglamayotganimiz bilan bog'liq. Dunyodagi eng boy va ta'sirli tadbirkorlar ro'yxatidan joy olgan, Qozog'istonda biznes imperiyalar asoschisi bo'lgan Marg'ulan Seysemboy ushbu kitobida o'zining hayotiy tajribasi, muvaffaqiyat sari yo'li va hayotdagi missiyani topish jarayonini samimiy va ochiq tarzda o'rtoqlashadi. Hayotingizdagi vazifalar - uddalab bo'lmaydigan emas. Buning uchun oldingizga to'g'ri maqsadlar qo'ya olishingiz zarur. Muallif taklif etadigan hayotiy tavsiyalar zimmangizdagi vazifani topishda va maqsadlaringizga erishishda katta yordam beradi. Kitob nima haqida? "Uddalasa bo'ladigan vazifa" - shunchaki motivatsion kitob emas. U har qanday qiyin vaziyatni yengib o'tish mumkinligini, to'siqlar ortida imkoniyatlar yashirinib yotganini va inson o'z irodasi, dunyoqarashini rivojlantirib borish orqali hayotini butunlay o'zgartira olishi uchun jonli isbot, chunki muallif buning sirini ilmiy qoidalar emas, balki o'z hayotiy tajribasi asosida sodda qilib tushuntirib beradi. Kitobda muallif: • Ruhiy tushkunlikni qanday yengganini; • Qanday qilib bankrotlikdan keyin o'zini yo'qotmaslikni; • Hayotda "ko'rinmas" kuch - niyat va ong qudratini qanday ishga solishni; • Va eng muhimi, inson o'z ustida qanday ishlashi kerakligini hayotiy misollar bilan yoritadi. Kimlar uchun foydali? • Tadbirkorlar va yetakchilarga; • Shaxsiy rivojlanishni istaganlarga; • O'z yo'lini topishga harakat qilayotgan yoshlarga; • Qiyinchiliklarga duch kelgan, lekin taslim bo'lishni istamaydiganlarga foydali bo'ladi. Nega bu kitobni o'qish kerak? • Chunki bu kitob real insonning real voqealar asosidagi hikoyasi; • Siz bu kitobda murakkab nazariyalarni emas, hayot sinovlaridan o'tgan amaliy bilimlarni topasiz; • Kitob hayotiy vazifamizni uddalash o'ylaganimizdan osonroq ekanini anglashga va muvaffaqiyat sari qadamni oddiy narsalardan boshlashga, hayotga boshqacha nazar bilan qarashga undaydi. Muallif haqida: Marg'ulan Seysemboy - Qozog'istonlik taniqli investor, milliardlab dollarlik biznes loyihalar asoschisi, xalqaro miqyosda mashhur bo'lgan motivatsion spiker va fikr yetakchisi. U nafaqat biznesda, balki insoniylikda, o'zini anglash va o'z ustida ishlash mavzularida ham ilhom manbai bo'la olgan shaxsdir. Bugungi kunda u turli davlatlarda treninglar o'tkazadi, yosh tadbirkorlarga mentorlardan biri sifatida yordam beradi va o'z tajribasini baham ko'rib kelmoqda. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Asaxiy
- Nashr yili
- 2025
496 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 25 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Atom odatlar
Jeyms Klir · 2023

SOS! Savol ortidagi savol
Jon G. Miller · 2021

Zukkolar va landavurlar
Malkolm Gladuell · 2019

Samaradorlikning 21 yo'li
Brayan Treysi · 2020

Farovonlik paradoksi
Kleyton M.Kristenson, Efosa Ojomo, Karen Dillon · 2024

Mahorat
Robert Grin · 2024

Hayot uchun 12 qoida. Tartibsizlikka qarshi malham
Djordan Piterson · 2024

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999