Kitoblarimkatalog
Atom odatlar
Badiiy tarjima

Atom odatlar

Kichik o'zgarishlar, katta natijalar! New York Times'ning birinchi raqamli bestselleri. Dunyo bo'ylab 2 yilda 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan! Sizga hayotingizni o'zgartirishda muhim bo'lgan ajoyib kitobni ona tilimizda taqdim etishdan xursandmiz. Nima maqsad qo'yganingizdan qat'iy nazar, ushbu kitob sizga har kuni oz-ozdan yaxshilanib borishning sinalgan dasturini taklif qiladi. Odatlarni shakllantirish bo'yicha dunyoning yetakchi ekspertlaridan bori Jeyms Klir yaxshi odatlarni shakllantirish, yomonlaridan xalos bo'lish hamda katta natijalarga olib boruvchi kichik odatlarni egallashni o'rgatuvchi amaliy strategiyalarni ochib beradi. Agar odatlaringizni o'zgartirishni uddasidan chiqa olmayotgan bo'lsangiz, muammo sizda emas. Muammo tizimda. Yomon odatlar takrorlanaverishining sababi siz ularni o'zgartirishni xohlamayotganingizda emas, balki o'zgarish uchun noto'g'ri tizim tanlaganingizda. Siz maqsadlaringizning darajasiga ko'tarilmaysiz, bil'aks tizimlaringiz darajasiga tushib qolasiz. Mazkur kitobda esa sizni yangi cho'qqilarga olib chiquvchi sinashta tizim bilan tanishasiz. Klir murakkab mavzularni ham kundalik hayotga va ishga osongina tatbiq qilsa bo'ladigan oddiy odatlarga bog'lab, yechim bera olishi bilan tanilgan. Kitobda u yaxshi odatlarni muqarrar, yomonlarini esa ilojsiz qilish bo'yicha tushunishga oson yo'riqnoma yaratar ekan, biologiya, psixologiya va neyroilmdagi eng ishonchli g'oyalarga suyanadi. Mutolaa davomida kitobxon Olimpiadadagi oltin medal sohiblari, yetakchi biznesmenlar, inson hayotini saqlab qolgan shifokorlar o'z kasbini ustasi bo'lishda mitti odatlar ilmidan foydalangani hamda sohada eng zo'riga aylangani haqidagi hayotiy hikoyalarini o'qib, ruhlanadi. Qanday qilib: - yangi odatlar uchun vaqt ajratishni (hatto qiladigan ishlaringiz oshib-toshib ketganda ham); - ishtiyoqsizlik va irodasizlikni yengishni; - atrof-muhitni muvaffaqiyatga erishishni osonlashtiradigan qilib tartiblashni; - yo'ldan adashganda ortga qayta olishni va boshqa ko'plab narsalarni o'rganing. “Atom odatlar” o'sish va muvaffaqiyat haqidagi fikrlaringizni o'zgartiradi hamda sizga odatlaringizni o'zgartirishda zarur bo'lgan qurol va strategiyalarni taqdim etadi. Xoh chempionatda g'alaba qozonishni istayotgan jamoa bo'ling, xoh sohaga qayta jon berishga umid qilgan tashkilot, yoki shunchaki chekishni tashlashni, ozishni, stressni kamaytirishni yoki yana boshqa bir maqsadga erishishni xohlayotgan oddiy inson bo'ling, bu kitob sizga naf keltirmay qolmaydi. Tarjimon: Sarvinoz Qosimova Muharrir: Z. G'ulomova Musahhihlar: Y. Mahmudov, U. Abdusalomova Dizayner: A. Umarova Sahifalovchi: X. Yo'ldoshev Kitob haqida OAV va mashhurlar: "Juda amaliy va foydali kitob. Jeyms Klir odatlarning shakllanishiga oid eng asosiy ma'lumotlarni tarqatadi, shuning uchun siz kamroq narsaga e'tibor qaratib, ko'proq narsaga erishishingiz mumkin." - Mark Menson, "Beparvolikning nozik san'ati" kitobi muallifi “Jeyms Klir ko'p yillar umrini shaxsiy kamolot san'ati va odatlar fanini o'rganishga sarfladi. Ushbu qiziqarli, amaliy kitob sizga yomon tartiblarni buzish va yaxshilarini odat qilish uchun kerak bo'lgan qo'llanmadir." - Adam Grant, "Originallar, Ber va ol" kitobi muallifi, mashhur yozuvchi “Atom odatlari – bu bir (yoki o'nlab) yomon odat(lar)ni tashlay olmayotganidan hafsalasi pir bo'lgan va nihoyat salomatlik, fitnes, moliyaviy erkinlik, ajoyib munosabatlarga erishmoqchi bo'lganlar uchun ajoyib kitob. yaxshi qo'llanma." – Medium.com nashri Asaxiy Books yil bestsellerlari 2024: 1-o'rin Asaxiy Books yil bestsellerlari 2023: 1-o'rin Asaxiy Books yil bestsellerlari 2022: 1-o'rin Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashriyot
Asaxiy
Nashr yili
2023

300 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 15 kunda tugatasiz.

Kitoblarim botida: 1 kishi oʻqiyapti

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun