Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Dorian Greyning portreti
Badiiy tarjima

Dorian Greyning portreti

Dorian Grey kim o'zi? O'tgan asrda kitobxonlar uni adolatli jazoga tortilgan, vasvasaga berilgan gunohkor deb e'tirof etdilar. Bugungi kun o'quvchisi esa Dorian Greyni butun borlig'ini, qalbini, ruhini abadiy yoshlik uchun qurbon qilgan takabbur, ayni paytda nochor va zaif qahramon sifatida tanidilar. Kiborlar oilasida dunyoga kelgan, onameros husni tavajjuh egasi bo'lgan Dorian baxtli-saodatli yashashi uchun yetarlicha imkoniyatga ega bo'lgani holda taqdirning beshafqat hukmi bilan yuzma-yuz keldi. «Go'zal narsaning ortida hamisha biron bir fojia yashirinib yotadi. Eng kamsuqum, eng arzimas bir gulning gullashi uchun ham dunyolar to'lg'oq azobini boshdan kechirmoqlari zarur», deydi asar qahramonlaridan biri. Darhaqiqat, Dorian Greyning go'zal siymosi ortida ham ul­­kan fojia yashirinadi: qalb o'ladi, ruh mangu yo'qoladi. Iflos ishratxonalar, davomiy maishatlar, o'g'rilik, jamiyatdagi qalang'i-qasang'ilarning qabihligi endi uning xayolida go'zallikka, bunday razolatlar esa doimiy ehtiyojga aylanadi. Oskar Uayld adabiyotga ana shunday murakkab tabiatli qahramon timsolini olib kirdi va u orqali inson xohish-istaklarining chegarasini, hayotiy muvozanatning buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishini yuksak badiiy mahorat bilan ko'rsatib berdi. Va asar millionlar qalbini zabt etdi, Dorian Grey obrazi esa kitobxon qayd daftariga bitildi.

Kitob haqida

Nashr yili
2023

336 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 17 kunda tugatasiz.

Kitoblarim botida: 1 kishi oʻqib boʻlgan

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash