Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov: Cho'qqida qolgan ovchining ohi zori
Badiiy tarjima

Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov: Cho'qqida qolgan ovchining ohi zori

Mana aziz kitobxon, nihoyat siz sog'ingan va anchadan buyon orziqib kutayotgan kitob nashrdan chiqdi. Sog'inchlar, intizor kutishlar bejizga emas. Qardosh qirg'iz va qozoq adabiyotining ikki buyuk ustuni - Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonovning suhbatlari asosida tartib berilgan mazkur asar o'zini butun insoniyat taqdiriga daxldor deb bilgan O'quvchi sog'inchi uchun arzirli tuhfa. Kitobda o'tgan ajdodlar ruhiga hurmat, ular qoldirib ketgan ma'naviy meros va qadriyatlar oldidagi mas'uliyat, kelajak avlod taqdiri, odamzotning tabiat ne'matlariga munosabati, ma'naviy komillik, til va millat uyg'unligi, Vatan qadri, muhabbatning inson taqdiridagi o'rni masalalari ko'ndalang qo'yiladi. O'quvchi kitobni o'qirkan, suhbatdoshlar qalbidagi og'riqni o'zida ham his qiladi. Adabiyotga shunchaki kirib kelmagan, tili, dini va millatidan qat'i nazar ODAMZOT taqdiri, kelajagi uchun qayg'urgan, kelgusi avlod farzandlarini faqat va faqat baxtli ko'rmoqni istagan va istaklarini mazkur asar orqali ifodalagan Aytmatovdek, Shoxonovdek iste'dod egalari bizni hamisha uyg'oq yurak, uyg'oq ruh bilan yashashga chorlaydi. So'nggi marotaba 90 yillarda chop etilgan Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonovning «Cho'qqida qolgan ovchining ohi zori» kitobi «Zabarjad Media» nashriyoti tomonidan qayta chop etilmoqda.

Kitob haqida

Nashr yili
2019

480 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 24 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash