Kitoblarimcatalogue
Back to books
Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov: Cho'qqida qolgan ovchining ohi zori
Literary translation

Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov: Cho'qqida qolgan ovchining ohi zori

Mana aziz kitobxon, nihoyat siz sog'ingan va anchadan buyon orziqib kutayotgan kitob nashrdan chiqdi. Sog'inchlar, intizor kutishlar bejizga emas. Qardosh qirg'iz va qozoq adabiyotining ikki buyuk ustuni - Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonovning suhbatlari asosida tartib berilgan mazkur asar o'zini butun insoniyat taqdiriga daxldor deb bilgan O'quvchi sog'inchi uchun arzirli tuhfa. Kitobda o'tgan ajdodlar ruhiga hurmat, ular qoldirib ketgan ma'naviy meros va qadriyatlar oldidagi mas'uliyat, kelajak avlod taqdiri, odamzotning tabiat ne'matlariga munosabati, ma'naviy komillik, til va millat uyg'unligi, Vatan qadri, muhabbatning inson taqdiridagi o'rni masalalari ko'ndalang qo'yiladi. O'quvchi kitobni o'qirkan, suhbatdoshlar qalbidagi og'riqni o'zida ham his qiladi. Adabiyotga shunchaki kirib kelmagan, tili, dini va millatidan qat'i nazar ODAMZOT taqdiri, kelajagi uchun qayg'urgan, kelgusi avlod farzandlarini faqat va faqat baxtli ko'rmoqni istagan va istaklarini mazkur asar orqali ifodalagan Aytmatovdek, Shoxonovdek iste'dod egalari bizni hamisha uyg'oq yurak, uyg'oq ruh bilan yashashga chorlaydi. So'nggi marotaba 90 yillarda chop etilgan Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonovning «Cho'qqida qolgan ovchining ohi zori» kitobi «Zabarjad Media» nashriyoti tomonidan qayta chop etilmoqda. Ko'proq ko'rish

Book details

Publication year
2019

480 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 24 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next