
Dorian Greyning portreti
Dorian Grey kim o'zi? O'tgan asrda kitobxonlar uni adolatli jazoga tortilgan, vasvasaga berilgan gunohkor deb e'tirof etdilar. Bugungi kun o'quvchisi esa Dorian Greyni butun borlig'ini, qalbini, ruhini abadiy yoshlik uchun qurbon qilgan takabbur, ayni paytda nochor va zaif qahramon sifatida tanidilar. Kiborlar oilasida dunyoga kelgan, onameros husni tavajjuh egasi bo'lgan Dorian baxtli-saodatli yashashi uchun yetarlicha imkoniyatga ega bo'lgani holda taqdirning beshafqat hukmi bilan yuzma-yuz keldi. «Go'zal narsaning ortida hamisha biron bir fojia yashirinib yotadi. Eng kamsuqum, eng arzimas bir gulning gullashi uchun ham dunyolar to'lg'oq azobini boshdan kechirmoqlari zarur», deydi asar qahramonlaridan biri. Darhaqiqat, Dorian Greyning go'zal siymosi ortida ham ulkan fojia yashirinadi: qalb o'ladi, ruh mangu yo'qoladi. Iflos ishratxonalar, davomiy maishatlar, o'g'rilik, jamiyatdagi qalang'i-qasang'ilarning qabihligi endi uning xayolida go'zallikka, bunday razolatlar esa doimiy ehtiyojga aylanadi. Oskar Uayld adabiyotga ana shunday murakkab tabiatli qahramon timsolini olib kirdi va u orqali inson xohish-istaklarining chegarasini, hayotiy muvozanatning buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishini yuksak badiiy mahorat bilan ko'rsatib berdi. Va asar millionlar qalbini zabt etdi, Dorian Grey obrazi esa kitobxon qayd daftariga bitildi. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Zabarjad Media
- Publication year
- 2023
336 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 17 days.
In the Kitoblarim bot: 1 have read it
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Raqamli qal'a
Den Braun · 2019

Yolg'onlar shahri (18+)
Ramita Navai · 2020

1984 (Premium sifat)
Jorj Oruel · 2019

Lev Tolstoy: Tirilish (Zabarjad)
Lev Nikolayevich Tolstoy · 2019

Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov: Cho'qqida qolgan ovchining ohi zori
Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonov · 2019

Тюремная исповедь
Oskar Uayld · 2025

Портрет Дориана Грея. Вечные истории
Oskar Uayld · 2025

Oscar Wilde: The Importance of being earnest
Oskar Uayld · 2016