
Tayfur
"Tayfur" asari XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyodagi tarixiy voqealar - Rossiya imperiyasining Turkistonga bosqini, Qo'qon va Buxoro xonliklarining tanazzuli, shuningdek, O'ratepa shahri va unga yaqin hududlardagi xalq turmushi, yurtparvar insonlarning kurashi va yuraklarni titratar fojiali taqdirlarini tasvirlaydi. Asar markazida turli ijtimoiy qatlam va tabaqalarga mansub shaxslar obrazi orqali murakkab tarixiy voqelik, inson ruhiyatidagi kechinmalar va milliy o'zlik masalalari yoritilgan. Uning bosh qahramoni - Tayfur, o'zining sirli o'tmishi, ichki ziddiyatlari, muhabbat sabab yuzaga kelgan fojiali qismati bilan asar dramatizmini oshiradi. Asar o'quvchini XIX asr Turkistonining g'amgin, lekin sharafli sahifalariga boshlaydi. Rus bosqini arafasidagi O'ratepa va Toshkent shaharlarining hayoti, milliy birlikka chaqiruv, shahar muhofazasidagi xalq jasorati va ayni paytda sodir bo'layotgan ichkaridagi xiyonatlar kalbni titratmay koldirmaydi. Tarixiy voqelik, xalq og'zida saqlangan rivoyatlar va qahramonlar taqdiri o'rtasida muallif mahorat bilan badiiy ko'prik qurgan. Betma-bet o'qir ekansiz, bu asar faqat o'tmish haqida emas, balki bugun va ertaning ham dardi ekanini his etasiz.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yangi Asr Avlodi
- Nashr yili
- 2025
- Asl tili
- O'zbek tili
480 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 24 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016

Bedor tun tomchilari
Sharifa Salimova · 2018

Yoqilgan maktub
Omonxon Mamadaliyev · 2021

Nomi chiqmagan xotin
Hakim Nazir · 2021

Воспоминание, похожее на белый цветок
Muhammad Ismoil · 2022

Lavh (Saylanma IV)
Hakim Abdulla · 2022

Haqni izlab (Saylanma II)
Hakim Abdulla · 2020
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash