Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
O'zingizni ardoqlang qadrdonim
Badiiy tarjima

O'zingizni ardoqlang qadrdonim

Beyhan Budak “O'zingizni ardoqlang qadrdonim” O'zing uchun biror narsa qilmayotgan bo'lsang, kim ham sen uchun biror narsa qilardi? O'z yaralaringga o'zing malham qo'ymasang, kim ham yordam qo'lini cho'zardi? Agar o'zingni boshqalar uchun qadrli emasdek sezayotgan bo'lsang, avvalo, o'zingga shu savolni ber: "Men o'zim uchun qadrlimanmi?" Bu kitobda sen bilan birga sayohatga chiqamiz. Har kishining ichida bitta yaxshi, bitta yomon "men" mavjud. Yomon "men" nazoratni qo'lga olsa, inson o'ziga zarar yetkazadi. Bu kitob orqali qiladigan sayohatimizning maqsadi ham ichingdagi yaxshi "men"ga yetib borish, uni kashf etishdir. Bu sayohat davomida xavotirlaringni yo'q qilish uchun va ularni ko'p ham o'ylayvermaslik uchun qaysi usullardan foydalanishing mumkinligi, salbiy o'ylaringni qanday nazorat qilishing mumkinligi, yaxshi munosabatlar o'rnatgan holda, o'zingga zarar yetkazayotgan insonlardan qanday qutulishing mumkinligi, buning uchun nimalarga e'tibor berishing kerakligi, qaysi jabhalarda hayotni va u olib kelganlarni qabul qilish kerakligi, ichingdagi beqadrlik hissini qanday yengishing mumkinligi va o'zingni qanday qilib o'zgartirishing mumkinligini bilib olasan. Xo'sh, qadrli do'stim, bu sayohatga tayyormisan?

Kitob haqida

Nashriyot
BEST-BOOK
Nashr yili
2023

192 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash