
Sening aybing emas
Hayotdagi muammolar haqida bir o'ylab ko'r: ko'nglingdagi beqadrlik hissi, o'zingga zarar keltiradigan munosabat- laringdan voz kecholmasliging, muvaffaqiyatsizliklaring, ayni xatolarga takror-takror yo'l qo'yishing, boshqalarga shafqat bilan muomala qilgan holda o'zingga shafqatsiz bo'lishing, ichingga o'rnashib olgan, hali ham bosilmagan jahling va hatto qizg'anchiqliklaring u rashking... Xo'sh, ularni sen tanladingmi? Yoki, ehtimol, o'tmishda boshingdan o'tganlar bugun o'zingni shunday his qilishingga sabab bo'layotgandir... Uzun gapning qisqasi, o'zingni ayblashni bas qil! Bu, holatni battar og'irlashtirishdan boshqasiga yaramaydi. Bu kitob vositasida sen bilan birga o'tmishingning qorong'i yo'laklariga qarab sayohatga chiqamiz. Ichida tug'ilgan oilangdan tortib boshdan kechirgan ruhiy jarohatlaringgacha bo'lgan hamma narsani, xullas, bugun mavjud bo'lgan muammolaringning barchasini yaxshilab o'rganamiz. Shuningdek, bolalik chog'ingda olishing kerak bo'lgan mehr- muhabbat va ishonch tuyg'usini anglamaganingda nimalar yuz berganini, ota-onangning bilib bilmay qilgan nomaqbul xatti-harakatlari qanday illatlarni keltirib chiqarganini ko'rasan. Ba'zan ahamiyatsiz deb hisoblangan kichik bir jarohatning uzoq vaqt davomida katta zararlar keltirib chiqarishini anglagan sari yengil torta borasan. Ushbu kitob senga mo'jizalar va'da qilmaydi. Chunki hech narsa mukammal emas. Ammo o'zingni hozirgi ahvolingdan ancha yaxshi his etasan, inshaalloh. Birgalikda yurishni niyat qilgan yo'limizning maqsadi ham mana shu. Alqissa, o'zingga bu imkoniyatni berishing zarur... Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- BEST-BOOK
- Nashr yili
- 2023
- Asl tili
- O'zbek tili
304 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 16 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Ba'zilar olisdan sevarlar
Halis Karabenli · 2021

"Seni sevaman" dema, sev
Mirach Chag'ri Oqtosh · 2022

Baxtni yo'qotgan joyda izlamang
Beyhan Budak · 2022

O'zingizni ardoqlang qadrdonim
Beyhan Budak · 2023

Стамбул. Город воспоминаний
Мария Кича · 2022

Cocuklarimizla Itismeyelim Iletiselim
Hatice Kubra Tongar · 2022

Ilk 12 Ayda Bebegin Gelisimi Beslenmesi Oyunları
Hatice Kubra Tongar · 2022

Kuruldigin Yerden Cucek Acacaksin
Songul Unsal · 2022