Kitoblarimкаталог
Sening aybing emas

Sening aybing emas

Hayotdagi muammolar haqida bir o'ylab ko'r: ko'nglingdagi beqadrlik hissi, o'zingga zarar keltiradigan munosabat- laringdan voz kecholmasliging, muvaffaqiyatsizliklaring, ayni xatolarga takror-takror yo'l qo'yishing, boshqalarga shafqat bilan muomala qilgan holda o'zingga shafqatsiz bo'lishing, ichingga o'rnashib olgan, hali ham bosilmagan jahling va hatto qizg'anchiqliklaring u rashking... Xo'sh, ularni sen tanladingmi? Yoki, ehtimol, o'tmishda boshingdan o'tganlar bugun o'zingni shunday his qilishingga sabab bo'layotgandir... Uzun gapning qisqasi, o'zingni ayblashni bas qil! Bu, holatni battar og'irlashtirishdan boshqasiga yaramaydi. Bu kitob vositasida sen bilan birga o'tmishingning qorong'i yo'laklariga qarab sayohatga chiqamiz. Ichida tug'ilgan oilangdan tortib boshdan kechirgan ruhiy jarohatlaringgacha bo'lgan hamma narsani, xullas, bugun mavjud bo'lgan muammolaringning barchasini yaxshilab o'rganamiz. Shuningdek, bolalik chog'ingda olishing kerak bo'lgan mehr- muhabbat va ishonch tuyg'usini anglamaganingda nimalar yuz berganini, ota-onangning bilib bilmay qilgan nomaqbul xatti-harakatlari qanday illatlarni keltirib chiqarganini ko'rasan. Ba'zan ahamiyatsiz deb hisoblangan kichik bir jarohatning uzoq vaqt davomida katta zararlar keltirib chiqarishini anglagan sari yengil torta borasan. Ushbu kitob senga mo'jizalar va'da qilmaydi. Chunki hech narsa mukammal emas. Ammo o'zingni hozirgi ahvolingdan ancha yaxshi his etasan, inshaalloh. Birgalikda yurishni niyat qilgan yo'limizning maqsadi ham mana shu. Alqissa, o'zingga bu imkoniyatni berishing zarur...

О книге

Издательство
BEST-BOOK
Год издания
2023
Язык оригинала
O'zbek tili

304 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 16 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ