
Xazon bo'lgan umrlar
Har sohaning o'z qoidasi, yo'l-yo'riqlari, ob-havosi va albatta, ko'ngilni maftun etadigan jihatlari bor. Adabiyot sohasi ham shunday: u go'zallik bilan birga aniqlikni yaxshi ko'radi. Dunyodagi qaysi mashhur asarni olmang, unga aniq voqealar xomashyo bo'lgan va adabiyot tandirida badiiylashib pishgan, yetilgan va kitobxonni maftun eta olgan. Qo'lingizdagi hikoyalarning muallifi ham iymonli o'zbek oilasida tarbiya topgan mo'min inson bo'lib, ko'p yillar davomida huquq sohasida faoliyat yuritgan. Hikoyalarining barini o'z ko'zi bilan ko'rgan va boshidan o'tkazgan voqealarni qalamga olgan, ya'ni u ham o'z kitobxoniga yaxshilikni ravo ko'rgani uchun ham hayot nafasini unga omuxta etgan. “Xazon bo'lgan umrlar” va “Qabriston qorovuli bitiklari”ni o'qib, qattiq ta'sirlansangiz, “Tungi suhbat”ni o'qib, boshqacha holatda tushasiz. Yoki qahramoni Marg'ubaning ayanchli holati, Rustamning birgina xato tufayli halok bo'lishi, hatto “Buji” ismli qushning boshidan o'tgan voqealar o'zining ajibligi, yorqin bo'yoqlarga boyligi bilan sizni maftun etadi va o'yga toldiradi. Umuman, tergovchining hikoyalarini o'qib, qahramonlariga achinasiz, “Esiz, shunday inson!” deb yuborgan paytingiz ham bo'ladi, lekin eng muhimi, ulardan o'zingizga bir nimalarni meros qilib olasiz va bu tuyg'u, saboqlar ko'nglingizdagi tumanlarni tarqatib yuborib, hayotga bo'lgan qarashlaringizni yaxshilik tomoniga burib yuboradi. Yana o'zgacha tomoni shuki, bu kitobda muallif akasining ham hissasi bor, ya'ni “Tonggi otmagan muhabbat” behuda tanlanmadi. Dunyoda ham birgalikda kitob nashr etgan aka-ukalar ko'p. Shu narsa aniqki, hayotiy voqealarga asoslangan ushbu majmua sizlarga mamnun bo'ladi degan umiddamiz! Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashr yili
- 2025
- Asl tili
- O'zbek tili
414 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 21 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016

Bedor tun tomchilari
Sharifa Salimova · 2018

Yoqilgan maktub
Omonxon Mamadaliyev · 2021

Nomi chiqmagan xotin
Hakim Nazir · 2021

Воспоминание, похожее на белый цветок
Muhammad Ismoil · 2022

Lavh (Saylanma IV)
Hakim Abdulla · 2022

Haqni izlab (Saylanma II)
Hakim Abdulla · 2020