Kitoblarimcatalogue
Back to books
Xazon bo'lgan umrlar

Xazon bo'lgan umrlar

Har sohaning o'z qoidasi, yo'l-yo'riqlari, ob-havosi va albatta, ko'ngilni maftun etadigan jihatlari bor. Adabiyot sohasi ham shunday: u go'zallik bilan birga aniqlikni yaxshi ko'radi. Dunyodagi qaysi mashhur asarni olmang, unga aniq voqealar xomashyo bo'lgan va adabiyot tandirida badiiylashib pishgan, yetilgan va kitobxonni maftun eta olgan. Qo'lingizdagi hikoyalarning muallifi ham iymonli o'zbek oilasida tarbiya topgan mo'min inson bo'lib, ko'p yillar davomida huquq sohasida faoliyat yuritgan. Hikoyalarining barini o'z ko'zi bilan ko'rgan va boshidan o'tkazgan voqealarni qalamga olgan, ya'ni u ham o'z kitobxoniga yaxshilikni ravo ko'rgani uchun ham hayot nafasini unga omuxta etgan. “Xazon bo'lgan umrlar” va “Qabriston qorovuli bitiklari”ni o'qib, qattiq ta'sirlansangiz, “Tungi suhbat”ni o'qib, boshqacha holatda tushasiz. Yoki qahramoni Marg'ubaning ayanchli holati, Rustamning birgina xato tufayli halok bo'lishi, hatto “Buji” ismli qushning boshidan o'tgan voqealar o'zining ajibligi, yorqin bo'yoqlarga boyligi bilan sizni maftun etadi va o'yga toldiradi. Umuman, tergovchining hikoyalarini o'qib, qahramonlariga achinasiz, “Esiz, shunday inson!” deb yuborgan paytingiz ham bo'ladi, lekin eng muhimi, ulardan o'zingizga bir nimalarni meros qilib olasiz va bu tuyg'u, saboqlar ko'nglingizdagi tumanlarni tarqatib yuborib, hayotga bo'lgan qarashlaringizni yaxshilik tomoniga burib yuboradi. Yana o'zgacha tomoni shuki, bu kitobda muallif akasining ham hissasi bor, ya'ni “Tonggi otmagan muhabbat” behuda tanlanmadi. Dunyoda ham birgalikda kitob nashr etgan aka-ukalar ko'p. Shu narsa aniqki, hayotiy voqealarga asoslangan ushbu majmua sizlarga mamnun bo'ladi degan umiddamiz!

Book details

Publication year
2025
Original language
O'zbek tili

414 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 21 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more