Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
G'oyib bo'lgan atirgul
Badiiy tarjima

G'oyib bo'lgan atirgul

Aziz kitobxon! Cho'pon yigit Santyagoning sarguzashtlari, Kichkina Shahzodaning boshdan o'tkazganlari, oqcharloq Jonatan Livingstonning ko'rgan-kechirganlari yodingizdadir? Mana, qo'lingizda yana bir o'zni va o'zgani anglash haqida g'aroyib asar turibdi. Kitob muallifi taniqli turk yozuvchisi Serdar O'zkan, yosh bo'lishiga qaramay, dunyo kitobxonlarining ko'nglidan joy olib ulgurdi, desak, mubolag'a bo'lmas. Serdar O'zkan millionlab nusxalarda nashr etilayotgan asarlarida madaniyatlar to'qnashuviga urg'u bersa-da, o'z qahramonlariga inson o'laroq yondashadi, turli mintaqa vakillarining farqli va o'xshash jixatlarini har xil rakurslarda ko'rsatadi, ularning iztiroblariyu tashvishlarini yorqin bo'yoqlarda tasvirlaydi. "Turklarning Kichkina Shahzodasi" deb atalayotgan Serdar O'zkanning aytishicha, uning ilk romani - “G'oyib bo'lgan atirgul" ning g'oyasi Sharq odami uchun begona hisoblanmish "sehrli diyor" da o'qib yurgan kezlarida paydo bo'lgan ekan. Mazkur asar kishining hayoliga ham kelmaydigan chuqur kechinmalar hamda nozik ruhiy tasvirlar ila, nafis afsona, teran hikmat va go'zal ertak qorishiqlarida hikoya qilinadi. Kitob qalb amriga quloq solish va vahimayu xavotirlar changalidan xalos bo'lish haqida. Ehtimolki, eng qiyin daqiqalarda ruhiy xotirjamlikka erishishingizda ko'mak berishi mumkindir. Garchi kitob jiddiy mavzuda bitilgan esa-da, tili shiraligi tufayli yengil, bir nafasda o'qiladi. O'zingizni qiynayotgan savollarga javob topish yo'lida sizga hamroh bo'la oladi. Buning uchun esa qalb sayohatiga yo'l olishingiz lozim bo'ladi. Zero, "Ichingizdagi ichingizdadir".

Kitob haqida

Nashriyot
Factor Books
Nashr yili
2022

192 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash