
G'oyib bo'lgan atirgul
Aziz kitobxon! Cho'pon yigit Santyagoning sarguzashtlari, Kichkina Shahzodaning boshdan o'tkazganlari, oqcharloq Jonatan Livingstonning ko'rgan-kechirganlari yodingizdadir? Mana, qo'lingizda yana bir o'zni va o'zgani anglash haqida g'aroyib asar turibdi. Kitob muallifi taniqli turk yozuvchisi Serdar O'zkan, yosh bo'lishiga qaramay, dunyo kitobxonlarining ko'nglidan joy olib ulgurdi, desak, mubolag'a bo'lmas. Serdar O'zkan millionlab nusxalarda nashr etilayotgan asarlarida madaniyatlar to'qnashuviga urg'u bersa-da, o'z qahramonlariga inson o'laroq yondashadi, turli mintaqa vakillarining farqli va o'xshash jixatlarini har xil rakurslarda ko'rsatadi, ularning iztiroblariyu tashvishlarini yorqin bo'yoqlarda tasvirlaydi. "Turklarning Kichkina Shahzodasi" deb atalayotgan Serdar O'zkanning aytishicha, uning ilk romani - “G'oyib bo'lgan atirgul" ning g'oyasi Sharq odami uchun begona hisoblanmish "sehrli diyor" da o'qib yurgan kezlarida paydo bo'lgan ekan. Mazkur asar kishining hayoliga ham kelmaydigan chuqur kechinmalar hamda nozik ruhiy tasvirlar ila, nafis afsona, teran hikmat va go'zal ertak qorishiqlarida hikoya qilinadi. Kitob qalb amriga quloq solish va vahimayu xavotirlar changalidan xalos bo'lish haqida. Ehtimolki, eng qiyin daqiqalarda ruhiy xotirjamlikka erishishingizda ko'mak berishi mumkindir. Garchi kitob jiddiy mavzuda bitilgan esa-da, tili shiraligi tufayli yengil, bir nafasda o'qiladi. O'zingizni qiynayotgan savollarga javob topish yo'lida sizga hamroh bo'la oladi. Buning uchun esa qalb sayohatiga yo'l olishingiz lozim bo'ladi. Zero, "Ichingizdagi ichingizdadir". Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Factor Books
- Publication year
- 2022
192 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 10 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Sensiz xotiralar yo'q
Elchin Safarli · 2021

Стамбул. Город воспоминаний
Мария Кича · 2022

Cocuklarimizla Itismeyelim Iletiselim
Hatice Kubra Tongar · 2022

Ilk 12 Ayda Bebegin Gelisimi Beslenmesi Oyunları
Hatice Kubra Tongar · 2022

Kuruldigin Yerden Cucek Acacaksin
Songul Unsal · 2022

Har ketish ham ayriliq emas. Turk hikoylari (2-kitob)
2025

Ilonni o'ldirsalar
Yashar Kamol · 2026

Har bir uchrashuv taqdirning sinovidir
Hakan Mengyuch · 2025