
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayoti
Yer yuzida yashab o'tgan jamiki insonlarning eng mumtoz va oliymaqom vakillari Odam Alayhissalom bilan boshlangan payg'ambarlar silsilasidir. Bu silsilaning eng buyuk va eng mukammal xalqasi esa, shubhasiz, so'nggi Payg'ambar - Muhammad Sollallohu alayhi vasallamdirlar. Zero, u zotda o'zlaridan avvalgi barcha payg'ambarlarga ato etilgan yuksak axloq va fazilatlar jamlangan bo'lib, Xotamul Anbiyo (so'nggi payg'ambar) o'laroq, jamiki payg'ambarlarga rais, ularning dinlariga tom ma'noda voris, o'zlaridan keyin kelgan va u zotning tarbiyalari bilan komillikka erishgan millionlab valiylar, ulamo va fuzalolarga ustoz, murabbiy bo'ldilar. Ijtimoiy jihatdan juda qoloq jamiyatga, hech kim emin-erkin yashay olmaydigan qorong'i bir dunyo osmonida porlagan bu hidoyat Quyoshi o'zi keltirgan saodat dasturi ila qisqa vaqt ichida yuqori saviyali va yuksak axloqli insonlar yashaydigan xavfsiz ijtimoiy tuzumni tashkil qildi. Mana shunday tengsiz, nuroniy shaxsiyat sohibi bo'lmish Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yigirma uch yillik qisqa muddat ichida butun dunyoning dushmanlariga va xar turli moneliklarga qaramay, muvaffaqiyat qozongan moddiy va ma'naviy inqilobi do'stu dushmanda birdek hayrat va e'tirof hissini uyg'otdi. Ko'p narsani unuttirishga, eskirtirishga va yo'qlikka mahkum qilishga qodir bo'lgan VAQT sarvari Koinotning nuroniy sadosini unuttirish, eskirtirish o'rniga uni yanada jo'shqin bir shaklda mehr-muhabbat ila bugungi kunimizga qadar yetkazdi. Bu jarayon Qimatga qadar shunday davom etajak! Bugun u zotning Asri Saodatidan yetib kelgan qudsiy ishora va sadolar ruhiyatimizda, qalbimiz va vijdonimizda ajib tuyg'u, hayajon va hasham ila aks sado bermoqda, bizga yangi hayot, yangi sevgi, yangi umid, matonat va jasorat baxsh etmoqda. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Sharq
- Nashr yili
- 2020
- Asl tili
- O'zbek tili
576 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 29 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Tarixi Muhammadiy
Alixonto'ra Sog'uniy · 2024

Mo'minning najoti – mufassal zakot kitobi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Mo'minning qalqoni
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2021

История Рашиди
Мирза Мухаммад Хайдар · 2016

Davomli Salovatlar (Daloilul xayrot)
2018

Как держать пост Рамадан с успехом?
Миродил Хайдаров · 2023

Muxammadbobur Muxiddinov: Jannat ahli va jannat amallari
Ziyovuddin Rahim · 2024

Naqshbandiya: vazifalar, zikrlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2025
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash