Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayoti

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayoti

Yer yuzida yashab o'tgan jamiki insonlarning eng mumtoz va oliymaqom vakillari Odam Alayhissalom bilan boshlangan payg'ambarlar silsilasidir. Bu silsilaning eng buyuk va eng mukammal xalqasi esa, shubhasiz, so'nggi Payg'ambar - Muhammad Sollallohu alayhi vasallamdirlar. Zero, u zotda o'zlaridan avvalgi barcha payg'ambarlarga ato etilgan yuksak axloq va fazilatlar jamlangan bo'lib, Xotamul Anbiyo (so'nggi payg'ambar) o'laroq, jamiki payg'ambarlarga rais, ularning dinlariga tom ma'noda voris, o'zlaridan keyin kelgan va u zotning tarbiyalari bilan komillikka erishgan millionlab valiylar, ulamo va fuzalolarga ustoz, murabbiy bo'ldilar. Ijtimoiy jihatdan juda qoloq jamiyatga, hech kim emin-erkin yashay olmaydigan qorong'i bir dunyo osmonida porlagan bu hidoyat Quyoshi o'zi keltirgan saodat dasturi ila qisqa vaqt ichida yuqori saviyali va yuksak axloqli insonlar yashaydigan xavfsiz ijtimoiy tuzumni tashkil qildi. Mana shunday tengsiz, nuroniy shaxsiyat sohibi bo'lmish Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yigirma uch yillik qisqa muddat ichida butun dunyoning dushmanlariga va xar turli moneliklarga qaramay, muvaffaqiyat qozongan moddiy va ma'naviy inqilobi do'stu dushmanda birdek hayrat va e'tirof hissini uyg'otdi. Ko'p narsani unuttirishga, eskirtirishga va yo'qlikka mahkum qilishga qodir bo'lgan VAQT sarvari Koinotning nuroniy sadosini unuttirish, eskirtirish o'rniga uni yanada jo'shqin bir shaklda mehr-muhabbat ila bugungi kunimizga qadar yetkazdi. Bu jarayon Qimatga qadar shunday davom etajak! Bugun u zotning Asri Saodatidan yetib kelgan qudsiy ishora va sadolar ruhiyatimizda, qalbimiz va vijdonimizda ajib tuyg'u, hayajon va hasham ila aks sado bermoqda, bizga yangi hayot, yangi sevgi, yangi umid, matonat va jasorat baxsh etmoqda.

О книге

Издательство
Sharq
Год издания
2020
Язык оригинала
O'zbek tili

576 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 29 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ